201
TASh tadbirlarining asosiy vazifasi bozorga «bozor
uchun yangilik
bo’lgan tovarlar»ni olib kirish, bozorning qandaydir ulushini egallashda
boshlang’ich sotilishlarni ta’minlashdan iborat.
Sotishni rag’batlantirish bo’yicha tadbirlar (SOR) tovarning iste’mol
xususiyatlari bilan shaxsiy tajribasi orqali tanish bo’lgan
xaridorga
qaratilgan. SOR vazifalari – mazkur tovarning keyingi xarid qilinishiga,
katta partiyalarni sotib olishga, firma va xaridor o’rtasida muntazam tijorat
aloqalarini rag’batlantirishga qaratilgan.
Odatda, xaridorlar va sotuvchilar (vositachilar, agentlar, dilerlar)ga
yo’naltirilgan SOR tadbirlarini farqlaydilar.
Xaridorlarga nisbatan
SOR
kelishilgan shartlarda tovarni xarid qilayotganlarga sezilarli tijorat
foydasini taklif qilishdan iborat. Bu, dastavval, quyidagi manfaatlardir:
a) chegirmalar – sotib olinadigan tovar partiyasining
hajmi uchun;
b) «bonus» chegirmalari – muayyan tovar xaridlarining
muntazamligi uchun;
v) muddatni uzaytirish shaklidagi kredit, boshlang’ich to’lovning
yo’qligi, tovarni xarid qilishda ma’lum summadagi pul ko’rinishidagi
«sovg’a»;
g) tovar namunasini yirik partiyani xarid
qilishga umid qilib bepul
tarqatish;
d) tovarni vaqtinchalik «sinab ko’rish» uchun foydalanishga bepul
topshirish;
e) ishlatilgan mahsulotni yangi narsa uchun dastlabki to’lov sifatida
qabul qilish.
SOR tadbirlariga shuningdek qo’yidagilar kiradi:
1. Potensial iste’molchilar vakillari uchun yangi tovarlarning maxsus
taqdimotlari.
2. Ishlab chiqaruvchi korxonalarga ekskursiyalar.
3. Bozorga yangi tovarni kiritishga bag’ishlangan press-
konferensiyalar.
4. Tovarning yangi modelini chiqarishga o’tish
munosabati bilan
narxlarni pasaytirish.
5. Xarid qilingan tovarga qo’shib beriladigan ko’pon lotereyalari.
6. Tovar imijini shakllantirish.