198
Shaxsiy sotish
– bu tovarni potensial mijozlarga ular bilan bevosita
muloqot qilish vaziyatida taqdim etish va sotish
hamda ular bilan uzoq
muddatli aloqalarni o’rnatish maqsadini ko’zlaydigan jarayon.
Sotishni rag’batlantirish
– u yoki bu tovarlarni xarid qilishni
rag’batlantirishga imkon beradigan undovchi chora-tadbirlar kompleksi.
Jamoatchilik bilan aloqalar
(«pablik rileyshnz») – korxona va turli
xil aloqa qiluvchi auditoriyalar (jamoatchilik) o’rtasida
yaxshi
munosabatlarni o’rnatish va saqlashga qaratilgan harakatlarni korxona
uchun manfaatli obro’-e’tibor, ijobiy imijni yaratish vositasida yo’lga
qo’yish. Buning uchun tashviqot, matbuot, ko’rgazmalar va yarmarkalarda
ishtirok etish, firma uslubini saqlab turish qo’llaniladi.
Marketing
kommunikasiyalari
elementlarini
tanlash
muhim
tadbirlardan
biri
hisoblanadi.
Korxonalarining
samarali
kommunikasiyalarini ilgari surilishi tanlangan
kommunikasiya vositasi
bilan bog’liqdir. Marketing kommunikasiyalari kompleksi tuzilmasini
shakllantirish quyidagilar bilan bog’liq:
asosiy
sotish bozorlari;
tanlangan kommunikasiya strategiyalari;
korxona tovarlarining
hayotiy davri;
kommunikasiya elementlarining har qaysining tavsifi.
Kommunikasion strategiyani ishlab chiqishning keyingi bosqichi –
kommunikasiya majmuasi tuzilmasini tanlash. Ular tashkilotning
kommunikasion majmua tuzilmasini harakatlantiruvchi alohida elementlar
birikmasini ifodalaydi. Juda kam hollarda
kommunikasiyaning faqatgina
bitta unsuridan foydalaniladi. Ko’p hollarda firma ularning eng ko’p
samarali birikmasini qo’llashga harakat qiladi. Buning uchun birinchi
navbatda, har bir unsurning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash kerak,
chunki bu orqali har bir unsurdan nimani kutish mumkinligini bilish kerak.