200
4.
Firma va mahsulot haqida ijobiy taassurotga ega bo’lish
imkoniyatini
yaratadi.
Kamchiliklari:
1.
Alohida targ’ib qilish tadbirlarining qimmatliligi.
2.
E’lonlarning bir marotabaligi va doimiy emasligi.
3.
Matbuot iste’molchilar e’tiborini firma va mahsulotning ikkinchi
g’indiali mavjud bo’lmagan tavsiflariga qaratishi mumkin.
4.
Firmaning o’zi va taklif qilinayotgan
xizmatlarga ijobiy
munosabatlar shakllanishiga kafolatning yo’qligi.
Shunday qilib, kommunikasiyaning har bir elementi mavjud bo’lgan
kamchiliklarni hisobga olgan holda ishlatilishi shart. Bunda u yoki bu
elementlarning samaradorlik shartlarini aniqlash zarur bo’ladi.
Elementlarning umumiy samaradorlik shartlari judayam sodda ko’rinishga
ega: aniq bir element uchun xarajatlar iloji boricha kam bo’lishi shart.
Kichik biznes uchun byudjetining cheklanganligi
qimmat turuvchi
reklamalardan foydalanish imkoniyatidan mahrum etadi. Samaradorlikning
boshqa shartlari –
mahsulot xususiyati, bozorda raqobatbardoshlik
darajasi, tovarlarni xarid qilishga iste’molchilarning xayrixohligi,
shuningdek, bozorda aniq bir paytda shakllangan aniq shartlar kabi omillar
ta’sir ko’rsatishi mumkin.
13.3. Talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish
Ma’lumki, tovar xaridi xaridor to’loviga
qobiliyatli va tovar unga
zarur bo’lgandagina amalga oshadi. Lekin tovarni xarid qilish uchun uning
iste’mol xususiyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lish kerak. Bundan
tashqari, bozorda odatda bitta ehtiyojni qondiradigan
bir nechta tovarlar
mavjud bo’ladi va xaridor ular orasidan tanlashga majbur bo’ladi. Iste’mol
xususiyatlari noma’lum bo’lgan tovar bunday vaziyatda sotib olinmaydi,
vaholanki, inson yangiliklarga nisbatan har
doim biroz xavfsirash bilan
qaraydi («ishonchsizlik to’sig’i»). Aynan ana shu to’siqni yo’qotish