195
jo’natuvchi firma qanday auditoriyani qiziqtirmoqchi va bunda qanday
reaksiyani olmoqchi ekanligini aniq bilishi kerak. Axborot odatda reklama
vositalari yordamida uzatiladi. U pirovard
natijada nafaqat reklama
ma’lumotini uzatish ma’nosida maqsadga erishishni ta’minlashi, balki
teskari aloqalarni o’rnatishi va shuning asosida auditoriyaning javob
reaksiyasiri baholash imkonini berishi kerak.
Siljitish tizimida kommunikasiyaning ikki turi amal qiladi: shaxsiy
va noshaxsiy.
Shaxsiy kommunikasiya vositalari
deganda ikki yoki bir
nechta kishining to’g’ridan-to’g’ri muomala qilishi tushuniladi. Muomala
shakllari xilma-xil: ikki suhbatdoshning bevosita yoki telefon orqali
suhbati, yozishmalar, ma’ro’zachining auditoriya bilan aloqasi va hokazo.
Shaxsiy kommunikasiyaning bir turi sifatida
mish-mish gaplar va ovoza
xizmat qilishi mumkin. Ular maqsadli haridorlar o’rtasida, ularning
do’stlari, qo’shnilari va oila a’zolari o’rtasida tovar yoki xizmat haqidagi
fikrlar almashishdan iborat. Bir qator hollarda bu kommunikasiya
kanalining samaradorligi ancha yuqori bo’lishi mumkin.
Noshaxsiy kommunikasiya kanallari
ommaviy axborotning asosiy
vositalari, o’ziga xos muhitni yaratish va turli xil tadbirlarni o’tkazishni
o’z ichiga oladi. Ushbu kommunikasiya kanalining o’ziga xos xususiyati
shundan iboratki, bu yerda shaxsiy aloqa yoki teskari aloqa omili yo’q.
Ommaviy axborotning
asosiy vositalari - bu matbuot, teleradio vositalari
va reklamaning ko’rgazmali vositalari. O’ziga xos muhitni yaratish
ofisning, savdo korxonalarining ichki va tashqi bezagi,
mebellar dizayni,
texnik vositalar va boshqalarni nazarda tutadi. Maxsus tadbirlarga matbuot
konferensiyalari, shoular, ko’rgazmalar, taqdimotlar va boshqalar kiradi.
Ular maqsadli auditoriyaga aniq ma’lumotni uzatishga imkon beradi.
Umumiy ko’rinishda shaxsiy yoki oddiy kommunikasiya modeli
quyidagi elementlardan iborat: kommunikator (kim?; ma’lumotni
uzatuvchi), ma’lumot (nima?; belgili yoki boshqa shakldagi mazmun) va
resipiyent (kimga?; adresat, ma’lumotni qabul qiluvchi). Shaxsiy
kommunikasiya uchun xos bo’lgan va uni ommaviy kommunikasiyadan
farqlaydigan narsa – bu resipiyent va kommunikator o’rtasida
tabiiy
teskari
aloqaning
mavjudligidir.
Bunday
teskari
aloqa
sababli
kommunikator ma’lumotni uzatish jarayonida o’z faoliyatining natijalarini
o’zlashtirishi, ularni qo’yilgan maqsadlar bilan taqqoslashi, kerak
bo’lganda esa o’z xatti-harakatlarini o’zgartirishi ham mumkin. Shaxsiy
kommunikasiyaning grafik shaklidagi modeli 13.1-rasmda ko’rsatilgan.
Bunday model marketing kommunikasiyalari
kompleksining bir
qisminigina, ya’ni shaxsiy sotish jarayoni va og’zaki tashviqotning ba’zi
196
usullarini
tasvirlash
uchun
qo’llanilishi
mumkin.
Marketing
kommunikasiyalarining ko’pchiligi esa noshaxsiy yoki ommaviy
kommunikasiya modeli yordamida yaxshiroq tasvirlanishi mumkin (13.2-
rasm).