• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
  • Kurash turlarida taktik tayyorgarlik to’G’risida tushuncha reja: Kirish




    Download 0,85 Mb.
    bet1/9
    Sana07.06.2024
    Hajmi0,85 Mb.
    #261349
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    KURASH TURLARIDA TAKTIK TAYYORGARLIK TO’G’RISIDA TUSHUNCHA


    KURASH TURLARIDA TAKTIK TAYYORGARLIK TO’G’RISIDA TUSHUNCHA


    REJA:
    Kirish

    1. Taktik tayyorgarlikning asosiy maqsadi

    2. Texnik usullarini amalga oshirish

    3. Kurashda ayrim usullarni qo’llash

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    So’ngi paytlarda sport kurashi amaliyotida va adabiyotida “texnik-taktik mahorat” atamasi keng qo’llanilmoqda. Sport kurashi texnikasi deganda tor ma’noda kurashchiga g’alaba keltiradigan harakatlarni bajarishning eng oqilona uslublari tushuniladi. Bunda kurashchilarning alohida xususiyatlaridan qat’i nazar, ularga xos bo’lgan biomexanik va fiziologik qonuniyatlarga tayanadigan harakatlar texnika asosini tashkil qiladi. Sportda taktika deganda yuqori sport natijasiga erishish va raqib ustidan g’alaba qozonishning hamma usullari hamda shakllari tushuniladi. Taktika bir qator omillar kompleksidan tashkil topadi: tayyorgarlikning kuchli tomonlari va raqib kamchiliklaridan foydalanish, texnikani egallashdagi alohida xususiyatlar, chalg’ituvchi harakatlar bilan raqibni aldash, bellashuvdagi qulay vaziyatlarda ta’sirli usullarni qo’llash, kuchni tejamkorlik bilan sarflash, qoidalarda belgilangan imkoniyatlarni, gilam maydonini, o’zining morfologik hamda fiziologik qobiliyatlarini aniq yuzaga chiqarish va h.k.
    Yakkakurash sport turlarida, ayniqsa, sport kurashida, texnika va taktika bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ba’zi mutaxassislar kurashchi harakatlarini tabaqalashgan holda ko’rib chiqishda qaysi bir harakatlarni texnik, qaysilarini esa taktik harakatga ajratishda bir xil fikrga ega emaslar. Aslida esa ular dinamik butunlikni tashkil etadi.
    SHaxsan texnik harakatlar - bu boshqa harakatlardan alohida, ajratilgan, odatda uning yordamida g’alabaga erishiladigan, lekin kurashchining musobaqa jarayonidagi murakkab harakatlari kompleksining faqat bir qismini tashkil etadigan tugallangan harakat tuzilmasidir.


    1. Download 0,85 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurash turlarida taktik tayyorgarlik to’G’risida tushuncha reja: Kirish

    Download 0,85 Mb.