• Og‘irlik markazidan chiqib (yiqilib) ketmaslik uchun kо‘yidagi mashq­lar tavsiya qilinadi
  • Epchillikni o
  • Kuchni oshirish
  • Kurashda ayrim usullarni qo’llash




    Download 0,85 Mb.
    bet4/9
    Sana07.06.2024
    Hajmi0,85 Mb.
    #261349
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    KURASH TURLARIDA TAKTIK TAYYORGARLIK TO’G’RISIDA TUSHUNCHA

    3.Kurashda ayrim usullarni qo’llash
    SHunday qilib, usul tuzilmasining ma’lum bir asosini qo’llash vaqt omili bilan uzviy bog’liq. Usul shunday paytda va shunday yo’nalishda bajarilgan bo’lishi lozimki, bunda ikkala kurashchi gavdalari ag’darib tashlash uchun qulay holatda turishi kerak. Kurashchilarning bunday holati qulay dinamik vaziyat, deb ataladi. Bellashuv paytida texnik harakatlarning turli tuzilmalari uchun ko’p shunday vaziyat yaratiladi.
    Oqilona texnik-taktik harakatlar tuzilmasini (“biomexanik andoza”) qulay dinamik vaziyat paytlarida qo’llash malakasi yuqori malakali kurashchilar uchun xosdir.
    Ushbu tamoyil kurashda texnik-taktik tayyorgarlik va yuqori sport mahoratini egallashda muhim hisoblanadi.
    Kurash - sport yakka kurashining ma’lum bir turi bо‘lib, raqib ustidan qozonadigan g‘alaba, ma’lum bir harakatlar va usullar qamrovi yordamida amalga oshiriladi.
    Kurashda barcha usullar 7 nom bilan aytiladi va bajariladi: supurma, chil, qо‘shsha, yuk (yuklama), yelka, bardor, yonbosh. Bular esa bir necha yuzlab usullarga bо‘linadi.
    Kurash texnikasini (usullarini) tо‘la-tо‘kis tushunish, uni har qanday holatda ham bajara olish, ya’ni tuliq egallash uchun, uning usullari, ikki kurashchining olishuvi, usullarning qanday holatda bajarilishi haqida oldin tushunchaga ega bо‘lishi kerak.
    Kurashchilar olishuvga chiqqan vaqtlarida, gilamning chekkasida bir-birlariga yuzlangan holda tikka turadilar, ta’zimdan sо‘ng hakamning ruxsati bilan belgilangan qoida asosida kurashadilar.

    Kurashda ruxsat etilgan usullar orqali, raqib yoki sherik tayanch muvozanatidan chiqariladi, usul bajarilib raqib ustidan g‘alaba qozonadi.


    Inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan, shikastlantirmaydigan va chiroyli usullar guruhlarga bо‘linadi va alohida о‘rganiladi. Usul­lar asosan qо‘llar, oyoqlar va toslar yordamida tik turgan holda bajariladi.
    Bu degani usullar shunday ketma-ketlikda о‘rganiladi degani emas, balki ular murabbiy pedagog yordamida oson elementlardan sekin-asta qiyin elementlarni о‘rganish prinsipi asosida о‘zlashtiriladi. Mashg‘ulotlar uch kо‘rinishga bо‘linadi: usulni kо‘rib о‘rganish, ukо‘v bellashuvi, usulni bajara olish uchun erkin olishuv.
    Kurashda usulni bajarishga kirishgan kurashchi - kurashchining sherigi esa raqib deb ataladi.
    Kurashchi bо‘lishni orzu qilgan har bir yosh jismoniy sifatlariga alohida e’tibor berish lozim. Har xil umumiy mashqlar va maxsus mashqlarni muntazam о‘rganib, bajara borish orqali jismoniy tayyorgarlik yaxshilana boradi.
    Umumiy jismoniy mashqlardan maxsus jismoniy mashqlarning farqini, ularning maqsad va vazifalarini о‘rganib bilish kerak.
    Kurashchining umumiy jismoniy tayyorgarliga a’lo darajada bо‘lmog‘i kerak. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish xaqida juda qup adabiyotlar mavjudligi tufayli biz bu xaqda kо‘p tо‘xtalmoqchi emasmiz. Mazkur qо‘llanmada asosan kurashchilar uchun zarur bо‘lgan max­sus jismoniy tayyorgarlik mashqlari haqida gapirmoqchimiz.
    Kurashchi kuproq akrobatika va gimnastika bilan shug‘ullanmog‘i darkor, chunki epchillik va egiluvchanlik qobiliyati kuchayadi.
    Shtanga bilan shug‘ullanib kuchini oshiradi. Kross chopish, velo­siped haydash, eshkak eshish, suzish vositalari orqali esa chidamlilikni oshirib boradi. Sport о‘yinlari, harakatli о‘yinlar orqali va aniq, harakat qilish qobiliyati faollashadi. Kurashchining har bir jismoniy sifatlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, epchillik uchun juda tez harakatlanish kerak, tezlik esa ma’lum miqdorda kuchlilikni talab qiladi. Chidamlilik uchun esa hamma jismo­niy sifatlar rivojlangan bо‘lishi lozim. Kurashchi qachonki о‘zida hamma jismoniy sifatlarni barobar rivojlantirsa, о‘shandagina u yuqori natijalarga erisha oladi.
    Kurashchi uchun zarur bо‘lgan mashqlarga tо‘xtalib о‘tsak: Egiluvchan likni rivojlantiruvchi mashqlar orqali harakat amplitudasi (raz­max) oshiriladi.
    Egiluvchanlikni doimo rivojlantirib borish uchun har bir mashqni 16-18 marta bajarish va mashqni bajara boshlaganda sekinroq, keyin esa tezlashtirish kerak. Bunday vaqtda chо‘ziluvchi mushaklarning ta’sirlanishiga e’tibor qilish, ammo mushaklarni og‘riydigan darajada qiynamaslik maslahat beriladi.
    Og‘irlik markazidan chiqib (yiqilib) ketmaslik uchun kо‘yidagi mashq­lar tavsiya qilinadi:
    1. Bir oyoqda tikka turib ikkinchi oyoqni oldinga, yon tomonga, orqaga kо‘tarish.
    2. Oyoqlarni juft qilib tikka turgan holda gavda bilan oldinga, chap va о‘ng tomonga, orqag‘a egilish va tosni qimirlatmasdan gavdani aylantirish.
    3. Oyoqlarni juft qilib tikka turgan holda tos bilan aylantirish (har tomonga).
    4. Shu harakatni bir oyoqda turib bajarish.
    5. Bir oyoqda turib gavdani aylantirish.
    6. Bir oyoqda turib sakrash.
    7. Yuqoriga 90, 180, 360 darajaga gavdani aylantirib sakrab og‘irlik markazidan chiqib ketmaslik.
    Epchillikni oshiruvchi mashqlar ham har hildir: tizza va qullariga tayanib turgan sherik ustidan oldinga sakrab umbaloq oshish, xuddi shu holatda turgan sherik ustidan yumalab sakrash. Yon tomonga aylanish, bosh va qо‘llarga tayanib yelkalarni gilamga tekkizmasdan oldin­ga va orqaga umbaloq oshish.
    Kuchni oshirish uchun gantel, gir, shtangadan foydalanib va bularsiz ham har xil maxsus mashqlar bajarish mumkin.
    Shtangani kо‘krakka kо‘yib yuqoriga sekin kо‘tarish, siltab va dast kо‘tarish.
    Yelkaga shtangani kuyib oldinga engashish va shu holatda о‘tirib-turish. Og‘ir g‘irlarni kqtarish, sekin yugurish. Sherikni yelkaga min-dirib yurish yoki yugurish.
    Maxsus sport anjomlari bilan mashqlar bajarish.
    Maxsus sport anjomini ikki kо‘l bilan tortib oldindan yoki yon tomondan supurma usulini bajarish.
    Maxsus sport anjomlari bilan yelkadan oshirib uloqtiruvchi usularni bajarish.
    Raqib gilamda har xil holatda yotganda (uni qarshiligisiz) uni gilamdan belgacha yoki kо‘krakkacha kо‘garib olish.
    Raqibni har xil holatda kо‘tarib yurish, yelkaga mindirib о‘tirib-turish yoki gavdani oldinga engashtirish.


    Download 0,85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurashda ayrim usullarni qo’llash

    Download 0,85 Mb.