• Kurashda taqiqlangan (mumkin bо‘lmagan) ushlashlar va harakatlar
  • Kurashchining harakatlari va aldamchi harakatlari




    Download 0,85 Mb.
    bet6/9
    Sana07.06.2024
    Hajmi0,85 Mb.
    #261349
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    KURASH TURLARIDA TAKTIK TAYYORGARLIK TO’G’RISIDA TUSHUNCHA

    Kurashchining harakatlari va aldamchi harakatlari
    Harakatning asosiy yо‘nalishlari: oldinga, orqaga, chapga, о‘ngga, chap-oldinga, о‘ng-oldinga, chap-orqaga yoki о‘ng-orqaga bо‘lishi mumkin. Harakat davomida gilamdagi oyok. butun kaft yuzasi bilan kuyi-lishi shart. Xarakat jarayonida kurashchilarning butun gavda holati muntazam nazorat ostida bо‘lishi lozim.
    Kurashchi qanchalik о‘ziga ishonch bilan turgan bо‘lmasin, raqib tomondan bajarilgan har qanday siltab itarish yoki tortish, uning og‘irlik markazini yuqotib qо‘yish xavfini tug‘diradi.
    Shuning uchun ham kurashchi doimo raqibning itargan yoki tortgan tomoniga ixtiyoriy harakatda bо‘lishi kerakligini, hech qachon esdan chiqmasligi kerakki, kurashchi qadam tashlagan vaqtda juda qisqa fursatda bir oyoqqa tayanib qoladi va ogirlik markazini yо‘qotib kо‘yish xavfi kuchliroq bо‘ladi. Shuning uchun ham kurashchi hamma vahtda va holatda ham tо‘g‘ri harakatlana olishi kerak.
    Kurashchi doimo bir xil harakat qilmasligi keraq aks holda buni raqib payqab qolib muvaffaqiyatli foydalanishi mumkin.
    Hech qachon gilamda maqsadsiz harakatlanmasligi kerak. Har qanday holatda ham gilamda tez yaxshi harakatlana bilish kerak.
    Aldamchi harakatlarga gavda, kо‘llar va oyoqlar harakatlarini tez-tez almashtirib, rejalashtirilgan xujumni sezdirmaslik, raqib diqqatini boshqa tomonga tortish kabilar kiradi. Bunday harakatlar raqib kutmagan vaqtda usul bajarish imkonini beradi. Har bir puxta о‘zlashtirilgan usulni aniq, bajarish uchun 3-4 ta aldovchi harakatlarni rejalashtirish kerak.
    Kurashda taqiqlangan (mumkin bо‘lmagan) ushlashlar va harakatlar
    1. Kurashda hech qachon belbog‘dan pastdan ushlanmaydi, ya’ni oyog‘idan, ishtonidan.
    2. Kurashda raqib kallasidan yoki bо‘ynidan ikkala kо‘l bilan ushlanmaydi yoki siqilmaydi.
    3. Kurashda hech qachon raqib yengini va yoqasini ichkariga burab yoki bosh barmoqni yengini yoki yoqani ichiga solib burib ushlanmaydi.
    4. Kurashda usul о‘rganayotgan vaqtda yoki musobaqa vaqtida bellashuv jarayonida raqibning yuziga, kо‘kragiga tirsak yoki tizza bilan yikilish man etiladi.
    5. Olishuv vaqtida raqibning boshiga yaktakni о‘rash taqiqlanadi.
    6. Kurashda bо‘g‘ish va og‘ritish usullarini kо‘llash taqiqlanadi.
    7. Raqib tizzalab qolgan vaqtda, ya’ni bir yoki ikkala tizzasi gilamga tegib turgan bо‘lsa olishuv tо‘xtatiladi.
    8. Raqibning barmoqlaridan ham ushlash taqiqlanadi.
    9. Olishuv davomida raqib bilan gaplashish mumkin emas, bunga zaruriyat tug‘ilib qolsa gilamdagi hakamdan ruxsat sо‘raladi. Kurashchi gilamda harakatlanayotganda yakka yoki sherik bilan oldinga, orqaga, yon tomonlarga harakatlanadi, ammo har qanday harakatlanish vaqtida ham oyoqni gilamdan uzmasdan iloji boricha oyoqlar gilamda ishonch bilan erkin yursa yaxshi, aks holda xujum qilib usul bajarish uchun raqibga kulay imkoniyat yaratiladi.

    Download 0,85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurashchining harakatlari va aldamchi harakatlari

    Download 0,85 Mb.