|
Maqsadli auditoriyani topish va uning tavsiflarini aniqlash Pdf ko'rish
|
bet | 126/212 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,17 Mb. | | #239950 |
Bog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov SamarqandMaqsadli auditoriyani topish va uning tavsiflarini aniqlash
,
avvalambor, korxonaning potensial xaridorlari bilan ishlarni hal qilish,
xarid haqida qarorni qabul qiladiganlar yoki bu qarorni qabul qilishga
ta’sir qiladiganlarni o’rganish demakdir. Maqsadli auditoriyaning tarkibi
va tuzilishi ko’p jihatdan axborotlarni uzatish, vositalarni, joyni, vaqtni
tanlashda nimalar qilinishi kerakligini belgilaydi.
Mijozlarning xabardorligini ta’minlash
aniqlangan maqsadli
auditoriya firma va tovar haqida qanchalik xabardor ekanligini bildiradi.
Bu yerda bir nechta yo’l bor: xaridorlar tovar haqida hyech narsani
bilmaydilar, juda kam biladilar, faqat korxonaning mavjudligi haqida
biladilar va hokazo Mijozlarning tovar va firma haqidagi xabardorlik
darajasiga qarab kommunikasion vositalardan foydalanish tartibi tuziladi.
Kutiladigan javob reaksiyasini aniqlash
maqsadli auditoriya
hozirgi paytda xarid qilishga tayyorgarlikning qaysi pallasida turganini va,
asosiysi, qanday holatga uni keltirish kerakligini bildiradi. Bu holat
quyidagi ketma-ketlikda oltita belgi bilan tavsiflanadi: xabardorlik, bilish,
xayrixohlik, afzal ko’rish, ishonish va xarid qilish. Marketing
kommunikasiyasining asosiy vazifasi shundan iboratki, bir holatdan
ikkinchi holatga o’tish asosida pirovard natijada tovar yoki xizmatni xarid
qilish jarayoniga erishishdir.
Auditoriyaning
xayrixohligini
qozonish
,
dastavval,
inson
psixikasining emosional sohasiga ta’sir etishni ko’zlaydi. Maqsadli
auditoriya firma ishining, ishlab chiqariladigan tovarning muayyan
kamchiliklari haqida bilishi mumkin. Boshqa tomondan esa, firma yoki
tovar imiji atrofida yuzaga kelgan salbiy jamoatchilik fikri paydo bo’lgan
bo’lishi mumkin. Bunday hollarda jamoatchilikni bozor faoliyatining
ustuvor yo’nalishlari, iste’molchilarning qoniqqanlik darajasi, ishning
samaradorligi va muayyan afzallik haqida guvohlik beruvchi tovar yoki
firmaning sifatlari haqida to’liqroq xabardor etish eng to’g’ri qaror
ekanligi ayon.
|
| |