partiyalarda oldi-sotdi qilinadi. Ulgurji savdo bilan ishlab chiqarish
korxonalari, shu jumladan ulgurji va chakana savdo korxonalari
shug’ullanishi mumkin. Odatda chakana savdo korxonalari bir tomonlama
ulgurji savdoni olib boradi, ya’ni tovar xarid qilish jarayonida. Ishlab
chiqarish korxonlari esa ko’proq mahsulotlarni sotish va xom ashyoni
sotib olish jaryonida ulgurji savdo bilan shug’ullanadi. Bularning savdosi
ham ko’proq bir tomonlama ulgurji savdo hisoblanadi. Ulgurji korxonalar
esa ikki tomonlama ulgurji savdoni olib boradi, ya’ni yirik partiyalarda
sotib oladi va sotadi.
Ulgurji savdo korxonalari chakana savdo korxonalaridan bir qator
xususiyatlariga ko’ra farq qiladi Birinchidan, ulgurji savdo korxonasi
rag’batlantirishga, o’z savdo korxonasining joylashish o’rniga va muhitiga
kam e’tibor beradi,chunki u yakuniy iste’molchilar bilan emas balki asosan
professional mijozlar bilan munosabatda bo’ladilar. Ikkinchidan, ulgurji
savdo bitimlari xajmiga ko’ra odatda chakana savdo bitimlaridan kattaroq,
ulgurji
savdo
korxonasining
savdo
maydoni
chakana
savdo
korxonasinikidan kattaroq bo’ladi. Uchinchidan, xuquqiy tomonlar va
soliqlarga nisbatan xukumat ulgurji va chakana korxonalariga turlicha
yaqinlashadi.
Umuman olganda, ulgurji savdo korxonalari nimaga kerak? Axir
ishlab chiqaruvchilar ularni aylanib o’tishi va bevosita chakana savdo
korxonalariga va yakuniy iste’molchilarga sotishlari mumkin edi. Javob
shundan iboratki, ulgurji savdo korxonalari savdo jarayonining
samaradorligini ta’minlaydi. Shunday qilib, chakana savdo korxonalarida
xam, ishlab chiqaruvchilarda xam ulgurji savdo korxonalari xizmatlariga
murojaat qilish uchun barcha asoslar bor.
Ulgurji savdo iqtisodiyotda muhim rol bajaradi. Ulgurji savdoning
ahamiyati uning tovar bozoridagi o‘rni va roli bilan belgilanadi. Tovar
harakati bir necha kanallarini birlashtirib, ulgurji tovar partiyalarini sotish-
sotib olish shakllarini amalga oshiradi. Ulgurji savdo ko‘pincha tovar
ishlab chiqaruvchilarni xomashyo va resurslar bilan ta’minlab, ishlab
185
chiqarilgan tayyor mahsulotlarni tijorat-vositachilik operatsiyalarini
bajarish orqali iste’mol bozoriga taklif etadi.
Ulgurji savdo shu bilan birga ishlab chiqarish assortimentini chakana
savdoga chiqarish qismida yirik hajmdagi yordamchi texnologik
operatsiyalarni amalga oshirib, tovar harakati jarayonining butun texologik
jarayonini takomillashtiradi, savdo servisi darajasini oshiradi.
Ulgurji savdoning asosiy maqsadi – tovarni ishlab chiqaruvchidan to
oxirgi iste’molchigacha yoki sanoat korxonasiga chakana savdo tarmoqlari
orqali yetkazib berishdir.
Ulgurji savdo tovar harakatida muhim rol o‘ynaydi. Savdo zanjirida
ulgurji vositachilardan foydalanish ishlab chiqaruvchilarning sotuv
bozorlarini izlashga bo‘lgan vaqt va harajatlarini kamaytirishga imkon
beradi, tovar zahiralari bilan hududlar hamda tovar bozorlari bo‘yicha turli
harakatlarni bajarishga imkon beradi. Iste’molchi talab va ehtiyojini
ulgurji savdo orqali bir xilda saqlash yo‘nalishida ta’sir qilish imkoniyati
mavjud bo‘lib, talabga muvofiq moliyaviy imkoniyatlar darajasida tovar
sotib olish imkoniyati ta’min etiladi. Shuningdek iste’molchilar
buyurtmasi va talabi bo‘yicha ulgurji savdo chakana savdo tarmoqlarini bir
tekisda tovar bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Ulgurji savdo ishlab
chiqarish korxonalari joylashgan va tovar iste’mol qilinishi joylari
o‘rtasidagi tafovutni oldini olish, taklif etiladigan tovarlar assortimentini
kengayirish, qo‘shimcha qiymat yaratishga imkon beradi.
Ulgurji savdoning asosiy maqsadi – iste’molchilarga qulay bo‘lgan
vaqt va kerakli miqdorda tovarga bo‘lgan talabini qondirishdir.
Ulgurji savdoning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
1.
Ulgurji va chakana bozorlarni kompleks tarzda o‘rganish, maqsadli
bozorlar holatini tahlil qilish va haridorlar harid qobiliyatini baholash.
2.
Tovar resurslarini ehtiyojga ko‘ra hududlar bo‘yicha tarqatish, ishlab
chiqarish hududidan iste’mol qilish hududiga tovar harakatini boshqarish.
3.
Bozor vaziyatini hisobga olgan holda, vositachilar, chakana savdo
tashkilotlari, pirovard iste’molchilarni uzluksiz kerakli keng assortimentli
tovarlar bilan ta’minlab turish uchun tovar zahiralarini yaratish va kerakli
hajmda saqlash.
4.
Iste’molchilarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda, hududlar
bo‘yicha tovarlarni chiqarish va kiritish balansini ta’minlash.
5.
Bir tekisda (ritmik) tovar bilan ta’minlash.
6.
Xo‘jalik aloqalarining ishonchligi va barqarorligini ta’minlash.
7.
Tovar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni kamaytirish.
186
8.
Xo‘jalik aloqalari bo‘yicha hamkorlarga xizma ko‘rsatish (omborga
joylashtirish, yirik partiyalarni kichik pariyalarga ajratish, tashish,
moliyalashtirish, tavakkalchilikni zimmasiga olish, bozor to‘g‘risida
axborot berish, maslahat va reklama-axborot xizmatlari ko‘rsatish).
9.
Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va texnik siyosatni
rivojlantirish.
Ulgurji savdoning o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiyotdagi o‘rni va
ahamiyati u bajaradigan iqtisodiy va tashkiliy-texnik funksiyalari orqali
namoyon bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda mutaxassis olimlar tomonidan
ulgurji savdoning bir qator funksiyalari ko‘rsatib o‘tilgan.
Ulgurji savdoning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
−
chakana savdo korxonalarini muntazam tovar bilan ta’minlash;
−
chakana savdo korxonalarining talabidan kelib chiqqan holda tovar
assortimentini qayta jamlash;
−
zamonaviy tovar zahirasini tashkil etish;
−
aholi talabini o‘rganish;
−
eksport tovarlarini yetkazib berilishini tashkil etish;
−
tovar zahirasini saqlash
19
.
Ulgurji savdoning funksiyalari mahalliy olimlar tomonidan ham
yetarli darajada o‘rganilgan. B.A.Abdukarimovning fikricha ulgurji
savdoning asosiy funksiyalaridan biri bu tovarlarni saqlash hisoblanadi.
Ulgurji korxonalarda ombor xo‘jaligining mavjudligi kichik ishlab
chiqaruvchi va chakana savdo korxonalari uchun katta ahamiyatga ega.
Ulgurji savdo korxonalarining tovarlarni saqlash funksiyasini bajarish bir
tomondan, ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini yirik partiyalarda
sotish va shu bilan bog‘liq, holda katta miqdordagi mahsulotlarni saqlash
harajatlarini tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, chakana savdo
korxonalariga juda kam miqdordagi tovar zahiralari bilan ishlash va joriy
talabni to‘liq qondirish imkonini beradi.
Ulgurji savdoning tovarlarni tashish funksiyasini bajarish ham ishlab
chiqaruvchi, ham iste’molchi korxonalar uchun iqtisodiy jihatdan qulaylik
tug‘diradi. Bunda ishlab chiqaruvchilar ko‘p sonli mijozlarga tovarlarni
kichik partiyalarda yuklab jo‘natish zaruriyatidan xolos bo‘ladilar.
O‘z navbatida chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar ham alohida
ishlab chiqaruvchilarning barchasi bilan alohida bo‘lib turish zaruriyatidan
kutiladi.
19
Лебедева С.Н., Казиначикова Н.А., Гавриков А.В. Экономика торгового предприятия. Учеб. Пособие. – 2-е
изд. – Мн.: Новое знание, 2002. – 240 с.
187
Ulgurji savdo ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida hisob-
kitobni amalga oshirish funksiyasini ham bajaradi. Bu asosan kichik biznes
va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar uchun qo‘l keladi. Ulgurji
savdo korxonalari tovarlarni qabul qilib olar ekan, hali tovarlar so‘nggi
iste’molchilargacha sotilmagan bo‘lsada, to‘lovni amalga oshiradi. Ya’ni,
tovarlar oxirgi iste’molchilarga yetib borgunchabo‘lgan davrda ular
avanslanadi. Bu ishlab chiqaruvchilar faoliyatining uzluksizligini
ta’minlaydi va ular mablag‘lari aylanuvchanligini tezlashtiradi. Ulgurji
savdo o‘zining hisob-kitob funksiyasi orqali chakana savdo korxonalari
ham tovar opratsiyalari bo‘yicha avanslanadi, ya’ni (bank o‘rnida)
ularning kreditlanishi ta’minlanadi.
Ulgurji savdo korxonalari bozor konyunkturasini o‘rganish, shu bilan
birga ishlab chiqaruvchilar, tovarlar harakatini ta’minlovchi alohida
bo‘g‘inlar va oxirgi iste’molchilarni talab va taklifning hajmi haqidagi
axborotlar bilan ta’minlash sohasida ham faol o‘rin egallaydi (axborot
funksiyasi, reklama bilan)
20
.
Ulgurji savdo – bu savdo bilan bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi tovar
va xizmatlarni yana qayta chakana sotuvchilarga sotadigan yoki korporativ
maqsadlarda ishlatiladigan barcha faoliyatlar turidir.
Marketing tizimida ulgurji savdo o‘ziga xos qator funksiyalarni
bajaradi:
−
marketing strategiyasining realizatsiyasini ta’minlaydi, ishlab
chiqaruvchini yoki tovar yetkazib beruvchini, chakana yoki pirovard
iste’molchini ko‘maklashadi;
−
ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotini iste’molchilar bilan minimal
aloqada bo‘lgan joylarda sotishga imkon berish;
−
iste’molchilarning
talablariga
ko‘ra
savdo
assortimentini
shakllantirish;
−
tovarlarni katta partiyalarda yetkazib berish maqsadida va qilingan
harajatni kamaytirish uchun tovarlarni katta hajmda sotib olish;
−
savdoda xizmat qiluvchi xodimlarni tayyorlashni ta’minlash;
−
saqlash va yetkazib berish uchun moddiy baza bilan ta’minlash;
−
ishlab chiqaruvchilarga (tovar yetkazib berishda tovar narxini
oldindan to‘lash orqali, sotishdan keyin emas), chakana savdo bilan
20
Б.А.Абдукаримов, Ф.Б.Абдукаримов. Савдо ва консалтинг хизматини ривожлантириш муаммолари. // Хизмат
кўрсатиш, сервис ва туризм соҳаларини ривожлантириш: муаммолар ва уларнинг ечимлари. Монография. Т.:
“IQTISOD-MOLIYA”, 2008.-135 б.// Савдо иқтисодиёти муаммолари. Ўқув қўлланма/Муаллифлар жамоаси. Т.:
“Иқтисод-Молия”, 2016. 504 б.
188
shug‘ullanuvchi va oxirgi iste’molchilarga (savdo krediti orqali) moliyaviy
yordam ko‘rsatish;
−
kredit va buxgalteriya hisobotini yuritish;
−
tovarni qaytarish muammolarini hal qiladi va nuqsoni bo‘lgan
mahsulotlarga chegirma narxlar o‘rnatish;
−
o‘g‘irlash, buzilish va eskirish bo‘yicha tavakkalchilikni o‘z
zimmasiga olish.
Mamlakatimiz
iqtisodiyotida
amalga
oshirilayotgan
tarkibiy
o‘zgarishlar, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlari ulgurji
savdoning mazmun mohiyati va funksiyalariga, yangi o‘ziga xos
tamoyillar asosida yondoshishga, ularga qo‘yiladigan talab, mezon va
me’yorlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo qiladi. Shu sababli ulgurji savdo
va uning funksiyalari mohiyatini ilmiy va amaliy nuqtai nazardan
o‘rganish hamda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Ushbu masalada
tovar-moddiy boyliklar harakati kanalini loyihalash, yaratish va ulardan
foydalanish bilan shug‘ullanuvchi nazariyachi va amaliyotchilarda turlicha
yondoshuvlar shakllangan. Jumladan ulgurji savdo funksiyalari aksariyat
rossiyalik va xorijiy mualliflar tomonidan asosiy va yordamchi
funksiyalarga bo‘lib o‘rganilgan. Ulgurji savdoning asosiy funksiyalari,
uning ishlab chiqarish va chakana tovar bozoriga yo‘naltirilgan ikki
tomonlama xizmat ko‘rsatish faoliyatida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish
sohasi doirasida ulgurji savdoning bajaradigan funksiyalariga quyidagilar
kiritilgan:
−
barcha turdagi, ko‘rinishdagi va shakldagi tadbirkorlik faoliyatini
rag‘batlantirish va konsentratsiyalash;
−
tovar va xizmatlarning ishlab chiqarish assortimentini shakllantirish
va loyihalashda faol ishtirok etish, ishlab chiqariladigan moddiy boyliklar
umumiy sifatini oshirish;
−
ishlab chiqarish sohasida faqat tayyor moddiy boyliklarni harakat
jarayonini tashkil qilish va investitsiyalar bilan ta’minlash hamda yangi
tovar harakati kanallarini yaratish;
−
bozordagi tovar va xizmatlar hayotiy siklida doimiy mavjud bo‘lgan
tijorat tavakkalchiligini o‘z zimmasiga olish, biznes tavakkalchiligining
diametral qarama-qarshiliklarini oldini olish va kamaytirish (muvaffaqiyat-
yo‘qotish);
−
tijorat talablari asosida zamonaviy ishlab chiqarishni optimal logistik
ta’minot konsepsiyasini shakllantirish, foyda olish maqsadida bozorning
189
boshqa sub’ektlarini tijorat qiziqishlarini hisobga olib haqiqiy bozor
tamoyillarini joriy qilish.
Ulgurji savdo shuningdek chakana savdo korxonalari, tovar va
xizmatlardan individual foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishga
yo‘naltirilgan bir qator asosiy funksiyalarni bajaradi. Bu funksiyalar o‘z
ichiga quyidagilarni oladi:
−
aniq maqsadli bozor va tovar bozorlari alohida segmentlarining joriy
talab kon’yunkturasini doimiy va tizimli o‘rganish;
−
yirik partiyali ishlab chiqarish assortimentini mavjud real chakana va
kichik chakana savdo tarmoqlariga moslab o‘zgartirish;
−
savdo tashkilotlarini moddiy boyliklar bilan bir tekisda ta’minlash
maqsadida o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan xizmat
ko‘rsatish infratuzilmasini shakllantirish;
−
tovar zahiralarini saqlash jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ichki ombor
texnologik operatsiyalarini amalga oshirish;
−
chakana savdo tarmoqlariga o‘z vaqtida tovarlarni yetkazib berishni
tashkil qilish;
−
mijoz-haridorlarni (chakana savdo korxonalarini) tovar va moliyaviy
kredit bilan ta’minlash;
−
tovarlarni ulgurji partiyalarini va kompleks xizmatlarni sotib oluvchi
mavjud va potensial haridorlarga axborot xizmatini ko‘rsatish.
Ulgurji savdoning asosiy funksiyalaridan tashqari ulgurji tovar harid
qilish va sotishni ta’minlovchi infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lgan butun
yordamchi kompleks funksiyalarni ham bajaradi. Bu yordamchi
funksiyalarga transportirovka jarayonida moddiy boyliklarni saqlanishiga
ko‘maklashuvchi, ularni ulgurji savdo tashkilotlarida mavsumiy va
vaqtincha saqlash, qadoqlash va navlarga ajratish, katta tovar partiyalarini
iste’mol bozori yoki boshqa ulgurji savdo haridorlari talablariga ko‘ra
qayta jamlash (komplektatsiya) kiradi.
Ulgurji savdoning ishlab chiqarish va iste’mol bozorlari o‘rtasida
bajaradigan asosiy hamda qo‘shimcha funksiyalari makro tizimdagi tovar
aylanish jarayonidagi taqsimot funksiyasini bajaradi. Makro tizimdagi
ishlab chiqarish va iste’mol bozorlari o‘rtasida taqsimot jarayonida ulgurji
savdo bajaradigan funksiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 12.1-jadvalda
ulgurji savdo funksiyalari va ularning mazmuni keltirilgan.
|