184
bo’yicha xar qanday faoliyatni o’z ichiga oladi». Tovar muomilasi
jarayonidan iste’mol tovarlarining ishlab chiqarishdan iste’mol sohasiga
o’tishi bosqichma-bosqich amalga oshadi. Dastlab tovarlar ulgurji sotilish
sohasiga kelib tushadi. Tovar muomalasining yakunlovchi bosqichi
chakana savdoga mansub bo’ladi. Shu tarzda, iste’mol tovarlari muomilasi
jarayoni ikkita o’zaro bog’liq, qismlar – ulgurji va chakana savdodan
tashkil topadi.
Ulgurji savdo korxonalar o’rtasidagi savdo bo’lib, tovarlar, yirik