O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti




Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/212
Sana17.05.2024
Hajmi2,17 Mb.
#239950
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   212
Bog'liq
Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

 
Qisqacha xulosalar 
Chakana 
savdo 

tovarlarni 
yetkazib 
berishda 
ishlab 
chiqaruvchilardan iste’molchilarga bo’lgan tovar harakati jarayonidagi 
xo’jalik aloqalarining so’nggi zanjiri bo’lib hisoblanadi. Chakana savdoda 
moddiy resurslar muomala jarayonidan jamoa, yakka holdagi, shaxsiy 
iste’mol sohasiga o’tadi, ya’ni iste’molchilarning mulki bo’lib qoladi. Bu 
jarayon oldi-sotdi orqali amalga oshiriladi, chunki iste’molchilar o’zlariga 
zarur tovarlarni o’zlarining pul daraomadlariga almashishadi. 
Savdo obyektlari turg‘un va ko‘chma obyektlarga bo‘linadi: 
turg‘un savdo shoxobchalari – davlat hokimiyati mahalliy organlari 
tomonidan belgilangan joylarda doimiy asosda joylashgan savdo 
obyektlari: do‘konlar, kioskalar, laryoklar, pavilonlar, dorixonalar, optika, 
avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari; 
ko‘chma savdo obyektlari – vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki 
maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek ish kuni tamom bo‘lgandan 
keyin yig‘ishtirib olishni va obyekt ko‘chirilishini talab etish asosida 
joylashtirilgan savdo obyektlari: lotoklar, peshtaxtalar, palatkalar, 
avtodo‘konlar va hokazolar. 
Tovar muomalasi jarayonida savdo faoliyatida bajariladigan barcha 
xo’jalik-tijorat operasiyalari shartli ravishda ikki guruhga bo’linadi – 
ulgurji savdo va chakana savdo. Dastlab tovarlarning ulgurji savdosi 
amalga oshirilib, tovar muomalasining yakunlovchi bosqichi chakana 
savdo bilan iste’molga aylanadi. 
Tovar muomalasi jarayonida ulgurji savdo katta ahamiyatga ega 
bo’lib, ishlab chiqarilgan tovarlarni eksportini amalga oshirish, iste’molni 
amalga oshirilishigacha bo’lgan oraliqda tovarga egalik qilish, tovarlarni 


192 
jamlash, tovar zahirasini yaratish, saqlash, tashish, yetkazib berish, 
buyurtma berish va buyurtmalar qabul qilish kabi operasiyalarni bajaradi. 
Iste’mol tovarlari ulgurji savdosining zarurati shundaki, ishlab 
chiqarilgan buyumlar bevosita shaxsiy iste’mol sohasiga kelib tushmaydi. 
Chunki, ishlab chiqarish va iste’mol zamon hamda makon nuqtai 
nazaridan bir-biridan farqlanadi. 

Download 2,17 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   212




Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish