181
tartibda va shartlarda yaratiladi va huquqiy shaxs hisoblanmaydi. Bunday
do’konga uni tuzgan huquqiy shaxs tomonidan mulk beriladi va u
tasdiqlagan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Firma savdosining asosiy maqsadi sotish
bozorini kengaytirish va
firma tomonidan chiqariladigan tovarlarni sotish hajmlarini ko’paytirish
hisoblanadi. Bu maqsadga erishish firma tomonidan ishlab chiqarishni
ko’paytirish va iste’mol bozorida o’z mavqyeini kuchaytirishga yordam
beradi.
Firma savdosining vazifalari uning maqsadlaridan
kelib chiqadi va
o’z ichiga quyidagilarni oladi:
bozor kon’yunkturasini o’rganish;
tovarlarga bo’lgan talabni o’rganish va shakllantirish;
assortimentni yangilash, yaxshilash va tovar sifatini oshirish bo’yicha
o’tkaziladigan ishga samarali ta’sir ko’rsatish;
xizmat ko’rsatishning yuqori madaniyatini, sotishdan oldin tovarlarni
tayyorlashni, ularni haridorlarga yetkazib berishni, me’yoriy
hujjatlarda
qo’zda tutilgan hollarda mahsulotlarni yig’ish va o’rnatish, maslahatlar
berish, boshqa xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash;
fan-texnika yutuqlarini, ilg’or xorijiy
va milliy tajribani hisobga
olgan holda progressiv savdo-texnologik jarayonlarni joriy qilish;
tovarlar reklamasini namunali tashkil etish.