202
2. Bir joydan ikkinchi joyga ko’chadigan
servis punktlari va
ustaxonalar.
3. Sotish narxidan chegarmalar.
Sotuvchilarga nisbatan SOR
(do’kon,
namoyish zallari va
hokazolarning xodimlari) bu insonlar tomonidan sotishning yuqori
darajalariga erishishga yo’naltirilgan. Rag’batlar
sifatida quyidagilar
qo’llanilishi mumkin:
1. Pul mukofotlari.
2. Qo’shimcha ta’til.
3. Firma hisobidan xordiq chiqarish safarlari.
4. Qimmatbaho sovg’alar.
Qisqacha xulosalar
Tovarlarni
siljitish
ham
marketing
kompleksining
muhim
elementlaridan biri hisoblanadi. Tovarlarni siljitish
- bu tovarlar haqidagi
ma’lumotlarni mavjud va potensial iste’molchilarga yetkazish jarayonidir.
Biroz kengaytirilgan talqinda tovarlarni siljitish – bu tovarlar sotilishini
faollashtirish va bozorda ijobiy tasavvur shakllantirish maqsadida axborot
olish, ishontirish va o’z faoliyati haqida eslatish uchun korxonaning bozor
bilan doimiy aloqalarini yaratish va saqlab turishdir.
Shu bilan birga siljitish korxona tomonidan
taqdim etilayotgan
tovarlar, narxlar, sotish shartlari, ya’ni marketing
elementlari orqali
potensial iste’molchilarning olishi mumkin bo’lgan manfaatlari va
afzalliklari to’g’risida zaruriy xabardorlik darajasini ta’minlaydi.
Marketing kommunikasiyasi to’rtta muhim vositalar: reklama,
shaxsiy sotish, sotishni rag’batlantirish va
jamoatchilik bilan aloqalar
(“pablik rileyshnz” PR) orqali amalga oshiriladi.
Reklama
– bu muayyan homiy buyuradigan va moliyalashtiradigan
g’oyalar, tovarlar yoki xizmatlarni noshaxsiy taqdim etish va siljitishning
har qanday pulli shaklidir.
Shaxsiy sotish
– bu tovarni potensial mijozlarga ular bilan bevosita
muloqot qilish vaziyatida taqdim etish va sotish
hamda ular bilan uzoq
muddatli aloqalarni o’rnatish maqsadini ko’zlaydigan jarayon.