166
Vositachilar
tovar
va
xizmatlarni
ishlab
chiqaruvchilardan
iste’molchilarga yetkazib berishda ularni qulay joy va kerakli vaqtda
yetkazib berishni ta’minlaydilar. Shuningdek vositachilar almashinuv
jarayonini oddiylashtiradilar. Undan tashqari vositachilar, ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilar ishini yengillashtiradigan bir qator o’ziga
xos funksiyalarni ham bajaradilar. Bular quyidagilar:
1.
Savdo xizmatlarini ta’minlash. Ko’pchilik
ishlab chiqaruvchilar
tovarlarni oxirgi iste’molchilarga yetkazib beruvchi xususiy savdo
agentlarini yollashni juda qimmat va samarasiz ish deb hisoblaydilar
hamda bu funksiyalarni ular bevosita vositachilarga topshiradilar.
2.
Bozor haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash, ma’lumki vositachilar
o’nlab o’zaro raqobatlashuvchi tovarlarni juda ko’plab turli xil
iste’molchilarga sotadilar. Shunday qilib ular ishlab chiqarish uchun
foydali bo’lgan manbani, ya’ni bozorning holati haqidagi ma’lumotni
yetkazadilar. Masalan: bugungi kunda qanaqangi tovarlarga talabning
kattaligi haqidagi ma’lumot.
3.
Tovarning harakati va sotishni rag’batlantirishni qo’llab quvvatlash.
Ma’lumki, vositachilar o’zlarining sotish hajmlarini ko’paytirish
maqsadida ishlab chiqaruvchilar tovarlarini reklama qilish orqali ularga
tez-tez yordam beradilar. Bundan tashqari vositachilar sotish joylaridagi
tovarlarning namoyishi va boshqa sotishni rag’batlantirish
vositalarini
o’ylab topadilar va amalga oshiradilar. Xususan vositachilar xaridorlarga
nisbatan sotishni rag’batlantirish ishlarini olib boradi:
3.1. chegirmalar – sotib olinadigan tovar partiyasining hajmi uchun;
3.2. «bonus» chegirmalar – muayin tovar xaridlarining muntazamligi
uchun;
3.3. muddatni uzaytirish shaklidagi kredit, boshlang’ich to’lovning
yo’qligi, tovarni xarid qilishda ma’lum summadagi pul ko’rinishidagi
«sovg’a»;
3.4. tovar namunasini yirik partiyani xarid qilishga umid qilib bepul
tarqatish;
3.5. tovar namunasini vaqtinchalik «sinab ko’rish» uchun
foydalanishga bepul topshirish.
4.
Tovarlarni standartlashtirish, saralash va qadoqlash. Vositachilar
ishlab chiqaruvchilardan kelib tushadigan katta
partiyalardagi tovarlarni
sotish uchun ularni qulayroq bo’lgan qismlarga ajratadilar: tovarlarni
mayda o’ramlarda qadoqlaydilar, mahsulotni sifati va tayinlangan joyi
bo’yicha ajratadilar.
167
5.
Tovarlarni omborxonalarda saqlash. Ko’pchilik vositachilar ishlab
chiqaruvchilardan xarid qilingan tovarlar zaxiralarini tashkil qiladilar va
qo’llab quvvatlaydilar. Bundan asosiy ko’zlangan maqsad tovarlarni
boshqa bir vositachilar yoki oxirgi iste’molchilarga sotish hisoblanadi.
Agar vositachilar bo’lmaganda edi, ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini
toki ularga buyurtma tushmaguncha o’zlari omborlarga saqlashlariga
to’g’ri kelardi.
6.
Savdo joylarida tovarlarni yetkazib berish. Vositachilar iste’molchilar
uchun qulay bo’lgan joylarda tovarlar zaxiralarini tashkil etish bilan birga
ularning yetkazib berishini ham tezlashtiradilar. Hozirda ko’pchilik
vositachilar turli joylardagi iste’molchilarga ishlab chiqaruvchilar
tovarlarini yetkazib berish majburiyatlarini o’z zimmalariga olayaptilar.
7.
Bozorni qamrab olish. Ishlab chiqaruvchilar o’zlari
joylashgan
joydagi iste’molchilarga tovarlarini taklif etishlari mumkin. Masofa
jihatdan o’zoq bo’lgan iste’molchilarga tovarlarni vositachilar yetkazib
beradi. Tovarlarning bir hududdan ikkinchi hududga tarqalishida
vositachilarning roli muhimdir. Vositachilar turli hududlarda faoliyat olib
boradi.
8.
Tavakkalchilikni taqsimlash. Ma’lumki, ishlab chiqaruvchilar o’z
tovarlarini vositachilarga topshirganlaridan keyin ularda tovarning
eskirishi, buzilishi va hokozolar bilan bog’liq bo’lgan tovakkalchiliklardan
qutilish imkoniyati paydo bo’ladi.
9.
Ishlab
chiqaruvchilarni
moliyalashtirish.
Vositachilar
oxirgi
iste’molchilarni ba’zi bir xarid bilan bog’liq tashvishlardan xalos etadilar.
Vositachilar turli xil tovarlarni bir joyga jamlab ularning har birini qidirish
uchun iste’molchilarning ketadigan vaqti, kuchi va vositalarini asrab
qoladilar. Shunisi qiziqki vositachilarning har bir tovarni sotish uchun
olgan foydasiga qaramay ularning xizmati iste’molchilarning
tovar va
xizmatlar uchun tulaydigan narxlarini kamaytirish mumkin.
Vositachilar tovar ishlab chiqaruvchilarga qaraganda tovarlarni
tarqatishni ancha samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona amalga oshiradilar.
Shuning uchun hozirgi kunda ham ularga ehtiyoj katta. Ma’lumki, ishlab
chiqaruvchilardan to oxirgi iste’molchigacha bo’lgan tovar va xizmatlar
bo’yicha bo’ladigan kelishuvlarning barchasi pul turadi. Vositachilar esa,
bu kelishuvlarni qisqartirib tovar tarqatishning umumiy sarf-xarajatlarini
kamaytiradilar.
Umuman vositachilardan foydalanish shundan iboratki, ular o’z
tajribalari va ishining yuqori sifatiga tayanib tovarni eng maqsadga
muvofiq shaklda taklif etishlari mumkin va shu orqali ishlab chiqaruvchiga
168
ko’proq foyda olib kelishi mumkin. Shu bilan
bir qatorda vositachilar
sonining ko’payishi tovarlar narxining oshishi, aylanishining sekinlashuvi
va umumiy holda tovar harakati butun jarayonining qimmatlashuviga olib
kelishi mumkin. 11.3-rasmda ishlab chiqaruvchining mijozlar bilan
aloqalarining xarakteri va qanday qilib vositachilar xizmatidan
foydalangan holda aloqalarni qisqartirishga erishish mumkinligi namoyish
etilgan: