162
11.2-jadval
Bevosita va bilvosita sotuv kanallarining shakllari
Kanal
turlari
Tasniflanish belgilari
Tasniflanishi
Bevosita
kanal
Korxonaning
o’zida
tovar sotishga ko’ra
shaxsiy sotish;
pochta orqali sotish;
telefon orqali sotish;
internet orqali sotish.
Korxonadan
tashqarida
sotishga ko’ra
katolog bo’yicha tovar sotish;
savdo xodimlari orqali tovar
sotish;
firma do’konlari orqali tovar
sotish;
savdo
agentlari
xizmatidan
foydalanish.
Bilvosita
kanal
Davomiyligiga ko’ra
qisqa kanal;
uzun kanal.
Vositachilar
turiga
ko’ra
ulgurji sotuvchilar;
chakana sotuvchilar;
brokerlar;
savdo
agentlari;
komissionerlar;
kommivoyajerlar;
distribyuterlar;
dilerlar.
Sotuv kanallari o’zining uzunligi, kengligi va pog’onalari soni bilan
tavsiflanadi. Pog’onalar sifatida tovar harakatining oraliq bo’g’inlari
(savdo vositachilari) namoyon bo’ladi. O’z navbatida oraliq bo’g’inlarning
yig’indisi sotuv kanalining uzunligi (davomiyligi)ni hosil qiladi. Bunda
tovarni
ishlab
chiqaruvchi
– kanalning boshlang’ich bo’g’ini,
iste’molchilar esa kanalning pirovard bo’g’ini hisoblanadi.
Sotuv kanalida ishtirok etuvchi vositachilarning soni va shakli
tarmoqdagi tovarning turi hamda marketingning maxsus usullariga bog’liq
bo’ladi (11.1-rasm). Masalan: oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqaruvchi
korxona uchun to’g’ri keladigan tadbir, aytaylik sug’urta kompaniyasiga
yoki meniral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonasiga ham to’g’ri kelmaydi.
Shu sababdan iste’mol
tovarlari, sanoat tovarlari va xizmatlarning sotuv
kanallari bir-biridan farq qiladi.