160
ma’lumotlar massivlaridan iborat. Bunday bazalar xaridorlar bilan
aloqalarni o’rnatish va bitimlarni tuzish uchun asos yaratadi.
To’g’ri marketing shaxsiy sotishlar, to’g’ridan-to’g’ri pochtadan
yuborish, kataloglar bo’yicha sotish, telefonli marketing telemarketing va
tovarlarni interaktiv tartibda sotib olish shaklida amal qilishi mumkin.
Shaxsiy sotishlarni amalga oshirish uchun korxonalar sotish
bo’limlarining xodimlari,
savdo agentlari, yakka sotishlar bo’yicha
mutaxassislar, kommivoyajerlardan foydalanishi mumkin.
To’g’ri pochta orqali yuborish pochta orqali xatlarni, reklama
materiallarini, tovarlarning namunalarini, bukletlar va shu kabi vositalarni
potensial iste’molchilarning manzillariga yuborishni o’z ichiga oladi.
Yetkazib berish shakllari quyidagicha bo’ladi: faksimil (hujjatlarni telefon
aloqasi orqali jo’natish), elektron (ma’lumotlar yoki fayllarni bevosita bir
kompyuterdan ikkinchisiga yuborish) va ovozli pochta (biror telefon
raqamiga yuborilgan og’zaki xabarlarni olish va saqlash).
Tovarlarni katalog bo’yicha sotish – bu to’g’ri marketingning bir turi
bo’lib, xaridorlarga yuboriladigan yoki bevosita do’konda sotiladigan
tovarlar kataloglarini qo’llash bilan amalga oshiriladi. Telemarketing,
tovarlarni xaridorlarga to’g’ri
sotishning vositasi sifatida, telefon
imkoniyatlaridan foydalanadi. Sotish haqidagi takliflarni aniqlashtirish
bilan bir qatorda telemarketing ma’lumotlar bazasini yaratish, so’rovlar,
marketing tadqiqotlarini o’tkazish va ularning natijalarini baholash uchun
muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin. Telemarketingning afzalliklari yaqqol
ko’rinib turibdi: xarid jarayonining qulayligi, tovar va xizmatlar haqidagi
axborot sifatining yuqoriligi.
Darhol javob beradigan televizion marketing ikki yo’nalishga ega.
Birinchi holda reklama (videoklip)ni joylashtirish haqida gap boradi.
Uning yordamida bepul telefon raqamini ko’rsatish bilan birga tovarning
xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi (qo’ng’iroq qilib tovarni buyurtma
qilish mumkin). Ikkinchi holda teledasturlar
tartibida ishlaydigan va
kanalning ishlashi davomida tovarlar va xizmatlarni sotish jarayonini
amalga oshiradigan teledo’konlar ishlatiladi.
Interaktiv marketing to’g’ri marketingning tez rivojlanayotgan shakli
hisoblanadi. U axborot xizmatlarini tezkor tartibda taqdim etadigan
zamonaviy kompyuter xizmatlari yordamida olib boriladi. Buning uchun
sotuvchi va xaridor o’rtasida ikki tomonlama elektron aloqalarni
o’rnatishga imkon beradigan tizimlardan foydalaniladi (tijorat tezkor
axborot xizmatlari va internet).
161
Ko’p korxonalar tovarlarni sotishda o’z
savdo xodimlarining
xizmatlaridan foydalanadilar, ko’pchilik korxonalar buning uchun boshqa
kompaniyalarning savdo xodimlarini jalb qiladi. Lekin markaziy o’rinda
har doim savdo agenti turadi – kompaniyaga ishlaydigan va quyidagi
faoliyatlardan bittasini yoki bir nechtasini bajaradigan shaxs: izlash va
qidirish, ma’lumotlarni tarqatish, xizmat ko’rsatish, axborotlarni yig’ish.
Savdo agentlari yaxshi malaka, o’qimishliligi va shaxsiy ish
sifatlariga ega bo’la turib, iste’molchilarga nisbatan juda e’tiborli, ularning
talablariga hurmat va qiziqish bilan qaraydilar, iste’molchilarda
paydo
bo’ladigan muammolarni hal qilishga va ularning ehtiyojlarini o’z vaqtida
qondirishga maksimum qiziqishni namoyon qiladilar.
Odatda, kompaniyalar savdo agentlari oldiga ularning majburiyatlari
doirasi aniq belgilangan vazifalarni qo’yadilar. Ko’p hollarda savdo
agentlarining funksiyalari quyidagilar bilan cheklanib qoladi:
firmaning tovarlari va xizmatlari haqidagi axborotlarni tarqatish;
yangi iste’molchilarni izlash va jalb qilish;
sotishni amalga oshirish va bitimlar tuzish;
mijozlarga xizmat ko’rsatish;
marketing tadqiqotlarini o’tkazish va hisobotlarni tuzish.