153
narx strategiyasi, “bozorni qaymog’ini olish” strategiyasi, narx
strategiyasi.
O’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar:
1. Narx va marketing faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqliklar nimalar orqali
namoyon bo‘ladi?
2. Narx siyosati nima? Uning mazmunini ta’riflab bering.
3. Talab elastikligi nimani ifodalaydi? Elastiklik to‘g‘risida amaliy
misollar keltiring.
4. Qanday sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar narxni pasaytirishga
qaror qabul qiladilar?
5. Narxni aniqlashda qanday omillar hisobga olinadi?
6. «Registon» savdo do‘koni tovar donasini 50 ming so‘mga sotib olib
ustiga 20% ustamani qo‘ygan holda, sotishni 60 ming so‘m
atrofida
belgiladi. Bir oy ichida 100 dona tovar harid qilinadi. Agar bir hafta
mobaynida do‘kon tovar narxini 15% pasaytirgan tarzda, unda yalpi
foydani saqlash uchun qancha miqdorda (dona) tovar sotilishi kerak?
7.
Sizning fikringizcha, tovarning narxi va raqobatbardoshligi
o‘rtasida aloqadorlik bormi? Bo‘lgan holda tushuntirib bering.
8. Qanday narx turlarini bilasiz?
9. Demping narxi nima?
154
XI BOB. MARKETING TIZIMIDA SOTISH SIYOSATI
11.1. Tovar harakati tushunchasi va funksiyalari.
11.2. Tovarlarni sotish tarmoqlarini shakllantirish va sotuv kanallari.
11.3. Sotuvni tashkil etishda vositachilarning o’rni va ahamiyati.
11.1. Tovar harakati tushunchasi va funksiyalari.
Tovar
harakati
– bu tovarni ishlab chiqarilgan joydan
iste’molchigacha siljitish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma faoliyat turlaridir.
Ma’lum bir savdo firmasi ishlab chiqarish
korxonasiga buyurtma berib,
buyurtma berilgan tovarni yuklash-tushirish, saqlash, magazinlargacha
transport vositasida tashish va hatto magazinlarni tovar zahiralari bilan
to‘ldirib turish mas’uliyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Ana shu
funksiyalarning jami birgalikda tovar harakati sistemasini tashkil etadi. Bu
sistemaning maqsadi esa tovarni o‘z vaqtida yuklash, tovarni kerakli
joyga, kerakli miqdorda o‘z vaqtida yetkazib berish va iste’molchilarning
ehtiyojlari bo‘yicha aniq axborotlarga ega bo‘lishdan iboratdir. Tovarlarni
kerakli assortimentda, o‘z vaqtida, yuqori sifat bilan va iste’molchilar
haqida ishonchli axborotga ega holda mijozlarga yetkazib bergan firmalar
raqobat kurashida albatta ustunlikka ega bo‘ladilar.Tovar harakati
kompleksining asosiy elementlari (F. Kotler bo‘yicha) quyidagi 11.1-
rasmda keltirildi.
Bu rasm ma’lumotlaridan shuni anglash mumkinki, tovar
harakatining asosiy harajatlari transport, omborxona,
tovar zaxiralarini
saqlab turish, yuklash, tovarlarni o‘rab-joylash, ma’lumot va
buyuurtmalarni tayyorlash kabi harajatlardan tashkil topadi.
Tovar harakati – bu faqatgina harajatlar manbai bo‘lib qolmasdan,
balki talabni shakllantiruvchi muhim vosita hisoblanadi. Tovar harakati
sistemasini takomillashtirish hisobiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yoki
narxni pasaytirib, qo‘shimcha mijozlarni topishga erishish mumkin.
Firmalar tovarni o‘z
vaqtida yetkazib bermasalar, u holda mijozlarini
yo‘qotib qo‘yishlari ham mumkin.