148
olish»ning yangi pog’onasiga o’tishi mumkin.
Uning asosiy afzalligi
shundan iboratki, u bozor va raqobatning evolyusiyasini hisobga olgan
holda narxlarning keyingi o’zgarishiga yo’lni ochiq qilib qo’yadi.
«Qaymoqni olish» strategayasi qo’yidaga shartlar mavjud bo’lganda
samarali bo’ladi:
1. Korxona yangi tovarni ishlab chiqarish va bozorga kiritish bilan
bog’liq bo’lgan xarajatlarini iloji boricha tezroq qoplashga intiladi.
2. Boshqa korxonalar o’xshash tovarlarni ishlab chiqarish bo’yicha
orqada qolgan va ularga bozorga raqobatbardosh
mahsulot bilan
chiqishlari uchun ma’lum vaqt talab etiladi.
3. Farqli iste’mol xususiyatlariga ega bo’lgan tovarlarning yuqori
narxi, ayniqsa, kiritish va o’sish bosqichlarida, iste’molchilar uchun
cheklovchi omil bo’lmaydi.
Shunday kilib, korxona bozorga narxlarning
yuqori darajasi bilan
chiqadi, keyinchalik raqobatchilarni hisobga olib, ularni pasaytiradi.