142
chiqaruvchidan iste’molchigacha yetkazib berishgacha bo’lgan jarayonda
vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini
qo’shishga asoslanadi. Buni misollarda tushuntirishga harakat qilamiz.
Misol uchun qandaydir bir mahsulotni ishlab chiqarish quyidagi
ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
O’zgaruvchan xarajatlar – 100 so’m
Doimiy xarajatlar – 2000000 so’m
Sotish hajmi rejasi (V) – 2000 dona
10.4-rasm. Narx belgilash uslublari.
Shu ko’rsatkichlar asosida mahsulot tannarxini (T) hisoblaymiz.
T = O’zgaruvchan xarajatlar + Doimiy xarajatlar / V =
= 100 +2000000/2000 = 100 + 1000 = 1100 so’m.
Mahsulot tannarxi 1100 so’mni tashkil etar ekan.
Endi, deyaylik ishlab chiqaruvchi ulgurji vositachiga sotiladigan
mahsulot hajmidan 20 foiz foyda ko’rmoqchi. U holda sotish narxi (N)
quyidagicha topiladi: