133
jihatidan farqlarini ifodalaydi. Firmaning raqobatbardoshligi uning bozor
raqobatlari sharoitlariga moslashish imkoniyatlarini va dinamikasini
tavsiflaydi. Shu bilan birga bozor sig‘imi,
bozorga chiqishning osonligi,
ishlab chiqariladigan tovarning turi, bozorning bir xilligi, mazkur bozorda
ishlayotgan korxonalarning raqobatli vaziyatlari, tarmoqda texnik
yangiliklarni kiritish imkoniyati kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi.
Qisqacha xulosalar
Tovarning hayotiy davri – tovarning bozorda paydo bo’lgan davridan
boshlab, to uning sotilmay qolishigacha bo’lgan vaqt oralig’idir.
Tovarning hayotiy davri konsepsiyasi har qanday tovar qanchalik darajada
mukammal bo’lmasin, bu tovar bozordan ertami-kech undan ham
mukammalroq tovar tomonidan siqib chiqarilishiga asoslanadi. Amaliy
faoliyatda tovar hayotiy davrining diapazoni ancha keng bo’lib,
u bir
kunlik tovardan bozorda o’z o’rnini uzoq vaqt davomida saqlab qoluvchi
tovargacha bo’lishi mumkin.
Tovarning hayotiy davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik marketolog
T.Levitt tomonidan 1965 yilda tariflangan edi. Ushbu nazariyaning
mohiyati shundan iboratki, tovar o’ziga xos
tirik organizm kabi hayotiy
davrini o’taydi. Ma’lumki, tirik organizm rivojlanish, keyin tug’ilish,
so’ngra yetuklik, qarilik bosqichlarini o’tib, o’lim bilan o’z
yashash
davrini tugatadi.
Tovarning raqobatbardoshligi
deganda tovarning nisbiy va
umumlashgan tavsifi tushuniladi. Ular ehtiyojlarni
qondirish va ushbu
qondirishga ketgan harajatlar darajasiga qarab uning raqobatchi tovardan
ustunlik farqlarini ifodalaydi.