132
asosiy va yordamchi materiallar; texnik va
boshqa hujjatlarni olish va
xodimlarni o‘qitish harajatlari.
Narxsiz omillar ancha murakkab va mexnatni ko‘proq talab qiladi.
Ularni baholashdagi eng keng tarqalgan yondoshuv – foydali iste’mol
samarasini aniqlash usuli. Har bir tovarning foydali samarasi sifat
omilining
kengaytirilgan
tushunchasi
bo‘lgan
ko‘pgina
sifat
ko‘rsatkichlarining to‘plami bilan tasvirlanadi. Foydali samara,
raqobatbardoshlikning asosiy xususiyatlari sifatida ikki turga bo‘linadi:
moddiy va nomoddiy omillar.
Moddiy omillar
tovarning eng muhim funksiyalarini
va ular bilan
bog‘liq asosiy tavsiflarni tasvirlaydi. Shuning uchun ham ularni
almashtirish faqatgina mahsulotning konstruktiv tamoyillari bilan
belgilangan muayyan chegaralar doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bu
omillar guruhiga quyidagilar kiradi: ergonomik ko‘rsatkichlari;
ekologik
ko‘rsatkichlari; maqsadli ko‘rsatkichlari; ishonchlilik ko‘rsatkichlari.
Tovarning
nomoddiy xususiyatlari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
estetik, malakaviy, obro‘-e’tiborli,
innovatsion, axborotni himoyalash
ko‘rsatkichlari.
Bozor xilma-xil tovarlar,
jumladan, moddiy omillari jihatidan
o‘xshash bo‘lgan tovarlar bilan to‘lgan bo‘lsa, tovarlarga o‘ziga xos
jozibani beruvchi nomoddiy omillarning ahamiyati oshadi. Tovarning
nomoddiy omillari to‘plamini aniqlash –
uning raqobatbardoshligi
tahlilining boshlang‘ich nuqtasidir. So‘ngra bu omillarni tasniflash va
miqdoran o‘lchash kerak. Har biri muayyan ahamiyatga ega bo‘lgan
moddiy omillar uchun buni amalga oshirish ancha oson. Ushbu ahamiyat u
yoki bu birliklarda ifodalangan bo‘ladi (quvvati, o‘lchami, aniqligi va
hokazo). Nomoddiy omillar bilan ishlash ancha murakkabroq. Ularni,
odatda, tabiiy fizik o‘lchovga ega bo‘lmaganligi sababli, bevosita miqdoriy
baholash qiyin va shuning uchun ham
ular yagona uslubiy asos
tanlanishini talab qiladi.
Tovarning
raqobatbardoshligi
ko‘p
jihatdan
korxonaning
raqobatbardoshligini belgilaydi. Biroq ushbu ko‘rsatkichlar orasida
ma’lum tafovutlar ham bor. Masalan, korxonaning raqobatbardoshligi
raqib firmalardan
farqlarini aks ettirib, ancha uzoq muddat davomida
qo‘llanilishi mumkin. Tovarning raqobatbardoshligi ixtiyoriy,
iqtisodiyot
nuqtai nazaridan kichik vaqt oralig‘ida aniqlanadi.