126
bo’ladi
texnik
harakatlar
Sotish
Tovar
tarqatish
chegaralan-
gan bo’ladi
Sotishni tez
kengaytirish,
yangi
segmentlarni
topish
Intensiv sotish
Tovarni
tanlab
tarqatish
Tovarni
bozorga
siljitish
Ancha
harakat talab
etiladi
Mumkin qadar
maksimal
harakat
Foydaga mos
ravishda
harakatning
kuchsizlanishi
Tovarni
bozordan
chiqarish
Servis
Nazorat
Nazorat,
mumkin qadar
markazlashti-
rilmagan
nazorat
Servis
markazi
tomoni-dan
olib boiladigan
nazorat
Sotish
imkoniyatlar
yaratish
Bu jadval ma’lumotlarini umumlashtirib shunday xulosaga kelish
mumkinki, firma yoki korxona tovarning har xil hayotiy davri bosqichida
ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda marketing taktikasining u yoki bu
shaklidan foydalanadi.
9.2. Yangi tovar tushunchasi. Yangi tovarlarni baholash uslublari
Korxonaning
raqobatchilari,
texnologiya
jarayonlari
va
iste’molchilarning didida bo‘ladigan o‘zgarishlar
faqat mavjud tovarlar
bilangina faoliyat yuritish yetarli emasligidan dalolatdir. Iste’molchilar
yangi va takomillashgan mahsulotlarni xohlaydilar va kutadilar. O‘z
navbatida raqobatchilar ham haridorlarni shunday yangi tovarlar bilan
ta’minlashga jon-jahdi bilan harakat qiladilar. Shu sababli ham, har qanday
firma yoki korxonaning yangi tovarlar yaratish bo‘yicha o‘z
dasturi
bo‘lmog‘i kerak. Korxona yangilikni ikki xil usul bilan qo‘lga kiritishi
mumkin. Birinchidan, yangi korxonani butunlay yoki begona korxonaning
tovarini ishlab chiqarishga ruxsat beradigan patent va litsenziyalarni, nou-
xaularni sotib olish yo‘li bilan. Ikkinchidan, o‘z korxonasida tadqiqot va
ishlab chiqarish bo‘limlarini
tashkil etib, shular orqali ishlab chiqarishni
amalga oshirish yo‘li bilan.
Yangi tovar – mahsulot, g‘oya va xizmatlarning ma’lum bir potensial
iste’molchilar tomonidan «yangi» deb qabul qilinishidir. Mahsulot
yangiligining bir necha bosqichlarini ko‘rsatish mumkin (9.2-rasm).
127
Yangi tovar ishlab chiqarish – original tovar yaratish,
tovarning
xususiyatini yaxshilash va uni modernizatsiya qilish, korxonanig o‘z
ilmiy-tadqiqot va loyihalash bo‘linmalarini tashkil etib, ular orqali
tovarning yangi markasini ishlab chiqarishdan iboratdir.
Yangi tovar ishlab
chiqarish jarayoni quyidagi sakkiz bosqichni o‘z ichiga oladi: g‘oyani
izlash, g‘oyani tanlash, yangi tovar konsepsiyasini ishlab chiqish va uni
tekshirish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, biznes tahlili,
tovarni
ishlab chiqarish, tovarni bozorga chiqarish va tijorat uchun ishlab
chiqarish.
G‘oyani izlash. Yangi tovarni ishlab chiqarish g‘oyani izlashdan
boshlanadi. G‘oyani izlash sistematik ravishda olib borilishi kerak. Yangi
g‘oyani izlash asosan korxonaning ichki manbalari (yangi texnika bo‘limi,
tadqiqot
laboratoriyasi,
marketing
bo‘limi),
iste’molchilarning,
raqobatchilarning,
ishlab chiqaruvchilarning, distribyutorlarning xohish-
istaklarini o‘rganish, ommaviy axborot vositalari ma’lumotlari asosida,
g‘oyalarni generatsiya qilishning maxsus uslublaridan foydalanib olib
boriladi.