121
Tayanch so’z va iboralar.
tovar, tovar assortimenti, tovar iste’mol
xususiyatlari, iste’mol
tovarlari, kundalik ehtiyoj tovarlari, sotuvdan
keyingi servis,
tovar markasi, tovar assortimentining kengligi, tovar
assortimentining chuqurligi.
O’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar:
1. Tovar deb nimaga aytiladi?
2. Marketingda tovar tushunchasiga
qanday moddiy va nomoddiy
ne’matlar birlashtiriladi. Buning sababini aniq misollar asosida sharhlab
bering.
3. Tovarda qanday belgilar bo’lishi lozim?
4. Nihoyatda qimmat musiqa elektr asboblari tovarlarning qaysi
kategoriyalariga yaqin (kundalik ehtiyoj,
jiddiy tanlov, obro’-e’tiborli)?
5. Tovar sifatini aniqlashda qanday omillar hisobga olinishi kerak?
6. Tovarning iste’mol xususiyatlari deb nimaga aytiladi?
7. Tovar assortimenti deb nimaga aytiladi? Tovar assortimentining
qanday ko’rsatkichlari mavjud?
8. Ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga mo’ljallangan tovarlarga
qanday tovarlar kiradi?
9. Tovarlar qanday belgilariga ko’ra tasniflanadi?