116
Tovar siyosati quyidagilarga yo’naltirilgan bo’ladi:
tovar birinchi navbatda iste’molchilar ehtiyojini qondirishga
yo’naltiriladi;
korxona texnologik bilimlari va tajribasidan
optimal foydalanish;
faoliyatning moliyaviy natijalarini optimallashtirish;
amaldagi tovarni sotish bozorlarini diversifikasiyalash
orqali yangi
xaridorlarni jalb qilish.
Ishlab chiqarish korxonalarining tovar siyosati tovar turini va
assortimentini to’g’ri tanlash hamda shakllantirishga ko’p
tomonlama
bog’liqdir. Ishlab chiqarish korxonasining nomenklaturaviy tovari barcha
turdagi guruhlar yig’indisini, bundan tashqari
bu guruhlar ichidagi
iste’molchiga taklif qilishga tayyor bo’lgan boshqa tovarlar birliklarini
jamlaydi.