|
Tovar (product) – marketingning asosiy tushunchalaridan biriBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand8.1. Tovar (product) – marketingning asosiy tushunchalaridan biri
sifatida
Har qanday korxonaning tijoratdagi muvaffaqiyati birinchi navbatda
iste’molchi talabiga javob beradigan, yuqori sifatli, iste’mol uchun yaroqli
tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq. Tovar ishlab chiqarish nafaqat
korxonaning marketing faoliyatida, balki butun xo’jalik faoliyatida muhim
ahamiyatga ega. Tovar korxonaning bozorga samarali ta’sir etish vositasi
va foyda olish manbai hisoblanadi.
Tovar marketing kompleksining markaziy elementi hisoblanadi.
Narx, sotish va siljitish aynan tovarga asoslanadi. Amerkalik marketolog
S.Maljaro “Agar tovar xaridorning talabini qondirmasa, u holda marketing
tadbirlari uchun hyech qanday qo’shimcha xarajatlar raqobatli bozorda
uning mavqyeini yaxshilay olmaydi” – deb ta’kidlab o’tgan.
Oddiy bozorda tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning bozor va butun
xo’jalik siyosati bo’yicha taqdirini belgilaydi. Shu sababli ham tovarni
yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi
xizmat ko’rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish, shubhasiz, tovar
ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o’rinni egallaydi. Mana
shu kompleks tadbirlar tovar siyosati deb ataladi. Aynan shu sababli,
ishlab chiqaruvchida iste’molga qaratilgan sifatli tovar bo’lmasa, unda
hyech narsa yo’q! – bu marketingning qat’iy qoidasi hisoblanadi.
Tovar deb ma’lum bir ehtiyojni qondirish maqsadida bozorga sotib
olish, foydalanish va iste’mol qilish uchun taklif etilayotgan mahsulot
tushuniladi. Mahsulotga narx belgilanishi va bozorga taklif etilishi bilanoq
tovarga aylanadi. Shuning uchun ham «tovar» atamasi «mahsulot» atamasi
bilan teng ma’noda ishlatiladi.
Marketing tizimida tovar tushunchasiga turli xil jismoniy ob’yektlar,
xizmatlar, shaxslar, joylar, tashkilotlar va g’oyalar tenglashtiriladi.
114
8.1-rasm. Marketing tizimida tovar tushunchasiga
|
| |