124
va tovarni taqsimlashning ishonchli kanallarini shakllantirish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
O‘sish bosqichi. Agar yangi tovar bozorning talabini qoniqtirsa, u
holda tovarni sotish katta darajada ortadi. Chunki, yangi tovarlarni
takroran harid qilayotgan faol haridorlarga ko‘p sonli boshqa haridorlar
qo‘shiladi. Bu bosqichda tovar ishlab
chiqarish texnologiyasini
takomillashtirish hisobiga tovar sifatining barqarorligiga erishiladi. Bu
bosqichda korxona ancha foyda olishga kirishadi, bu foyda o‘sib boradi va
ushbu bosqichning oxiriga kelib eng yuqori ko‘rsatkichga yetadi. Korxona
bu bosqichning uzoqroq davom etishidan manfaatdor, shuning uchun ham
u butun harakatlarini sotish hajmining o‘sishiga qaratishi kerak bo‘ladi. Bu
yerda marketingning asosiy vazifasi tovar sifatini oshirish, bozorning
yangi segmentlarini o‘zlashtirish, mazkur tovarni sotishning qamrab
olinmagan kanallarini topish, iste’molchilarni tovarlar xususiyatlarining
afzalligi haqida ishonarli reklama ishlarini tashkil
etish kabi tadbirlarni
amalga oshirishdan iborat hisoblanadi.
Yetuklik bosqichi. Bu bosqichda tovar yirik partiyalarda
takomillashgan texnologiyalar bo‘yicha yuqori sifat bilan ishlab
chiqariladi.
Bu bosqichda ko‘pgina ishlab chiqaruvchilarda sotilmay qolgan
tovarlarning zahiralari to‘planib qoladi, oqibatda tovarlarning sotilishi
kamayadi. Natijada raqobat keskinlashadi. Raqobatchilar ko‘proq past
narxlarda sotishga harakat qiladi. Reklama kuchaytirilib,
tovarlarning
yaxshilangan variantlarini ishlab chiqarishga mablag‘lar sarflanadi.
Bularning hammasi foydaning kamayishini keltirib chiqaradi. Eng kuchsiz
raqobatchilar kurashdan chetga chiqa boshlaydilar. Tarmoqda faqat
mustahkam o‘rin egallagan raqobatchilargina qoladi.
Marketing xizmati tovarning hayotiy davrini uzaytirish, sotish hamda
foydaning kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tovar, bozor va marketing
kompleksini modifikatsiyalash usullarini izlashi kerak bo‘ladi.
Chiqish bosqichi. Qanday holat yuz bermasin baribir ma’lum
vaqtdan so‘ngra tovarning sotilishi pasaya boradi. Tovar sotilishining
pasayishi ba’zan tezlik bilan borsa, ba’zi hollarda
sekinlik bilan bir-tekis
boradi.
Tovar
sotishning
pasayib
ketishi
tovar
ishlab
chiqarish
texnologiyasidagi yutuqlar, iste’molchilar talabining o‘zgarishi hamda
mahalliy va xorijiy raqiblar tomonidan raqobatning keskinlashuvining
vujudga kelishi kabi sabablar bilan izohlanadi. Sotishning va foydaning
kamayishi natijasida bir qancha firmalar va korxonalar bozordan chiqishga
125
majbur bo‘ladilar. Qolganlari esa taklif etilayotgan tovarlar assortimentini
qisqartirishga, samarasi yuqori bo‘lmagan savdo kanallari va bozorning
kichik
segmentlaridan
voz
kechishga,
rag‘batlantirish
uchun
sarflanayotgan mablag‘larni kamaytirishga va
narxni tushurishga majbur
bo‘ladilar.
Ba’zan tovar hayotiy davrining chiqish bosqichida ham tovarni
tiriltirish va uning hayotiy davrini davom ettirishga harakat qilib ko‘rish
mumkin. Buning uchun firmaning marketing xizmati reklamani
faollashtirishi, narxni o‘zgartirishi, tovarlarning o‘rab-joylanishini
takomillashtirishi, sotish tizimini qaytadan tashkil etishni, eng asosiysi esa
yangi bozorlarga kirish va ularni o‘zlashtirish kabi ishlarni amalga
oshirishi kerak bo‘ladi. Agar bu chora tadbirlar ham ijobiy natija bermasa,
u holda tovar ishlab chiqarishni to‘xtatishga o‘tish to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.
Bunday holat yuz beradigan bo‘lsa iste’molchilar va sotish kanallari
muayyan tovarni ishlab chiqarishning to‘xtatilish vaqti, kafolat
majburiyatlariga
rioya etilishi, kafolatlar tugagandan keyin ta’mirlashni
amalga oshirish tartiblari, ishlab chiqarishdan olingan tovarning qancha
vaqt davomida yordamchi qismlar bilan ta’minlashi haqida oldindan
ogohlantirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday harakat firmaga bo‘lgan
ishonch yo‘qolmasligining va iste’molchilar firmaning yangi tovarlarini
ijobiy qabul qilishlariga mustahkam zamin yaratadi.
Firmanig samarali faoliyat ko‘rsatishida marketing taktikasini qo‘llash
muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, bu marketing taktikasi tovarning har
xil hayotiy davri bosqichlarida o‘ziga xos-xususiyatga ega bo‘ladi.
Quyidagi 9.1-jadval ma’lumotlarida tovarning
har xil hayotiy davri
fazasida firmaning marketing taktikasi qanday bo‘lishi bo‘yicha
ma’lumotlar keltirildi.
9.1-jadval