119
Marka – bu nom, atama, belgi, rasm, simvol bo’lib, u muayyan
tovarni identifikasiyalashda qo’llaniladi. Bu bilan tovar raqobatchilar
tovaridan osongina farqlanadi. Markali tovar tovarlarning umumiy massasi
orasidan yaqqol ko’rinadi, iste’molchilar ongida u ijobiy tasavvurga
egadir.
8.3-rasm. Dunyoga mashhur tovar markalari
Marka siyosatini amalga oshirish marka nomini tanlash, markaning
bozor kuchini aniqlash va nihoyat, marka strategiyasini
ishlab chiqish
bilan bog’liq. Markaning nomi, avvalo, tovarning xususiyati, asosiy
sifatini aks ettirishi va boshqa belgilarga to’g’ri kelmasligi kerak.
Tovar assortimenti
– bu ma’lum bir belgi bilan birlashgan bir
qancha tovarlar guruhining yig’indisidir. Masalan, poyafzal tovarlar
assortimenti, yaxna ichimliklar assortimenti va boshqalar.
8.4-rasm. Tovarlarni nomenklatura va assortimenti bo’yicha
tasniflanishi
assortiment
nomenklatura
120
Marketingda tovar assortimenti ikkita asosiy ko’rsatkich: tovar
assortimentining kengligi va assortiment chuqurligi bilan tavsiflanadi.
Assortiment kengligi har xil tovarlar yoki
ular guruhlarining soni bilan,
chuqurligi esa – modifikasiyalar, bitta guruh doirasida bu tovarlarning
variantlari, ya’ni ehtiyojlarni qondirishning har xil darajalariga
mo’ljallangan tovarlarning soni bilan aniqlanadi.
Tovar assortimentining rivojlanishi
korxona marketingining eng
muhim funksiyasi hisoblanadi. U ishlab chiqaruvchining an’anaviy yoki
yashirin texnikaviy va moddiy imkoniyatlarini muayyan iste’mol
qiymatiga ega bo’lgan, xaridorni qondiradigan va korxonaga foyda
keltiradigan mahsulot va xizmatlarga tadbiq etishda namoyon bo’ladi.
Bozordagi tovar taklifining xilma-xilligiga faqatgina assortimentni
kengaytirish yo’li bilan erishilmaydi. Agar taklif etiladigan tovarlar
to’plami sifati, assortimenti va narxlari bo’yicha bir-biriga yaqin bo’lsa,
birinchi o’ringa
ularning
servisi
chiqadi. Servis eng ko’p yakkalangan va
bozorga taklif etilgan tovarlarning raqobatbardoshligini qo’shimcha
ravishda oshirish, mustahkamlashning eng muhim vositasi sifatida
namoyon bo’ladi. Firmaning iste’molchilar orasidagi
imijini ham servis
aniqroq belgilaydi.