|
Tovarlarning tasniflanishi va tovar assortimentiBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand8.3. Tovarlarning tasniflanishi va tovar assortimenti
Marketingda tovar qator belgilari bo’yicha guruhlanadi.
Tovarlar ishlatilish muddatiga qarab quyidagi uch guruhga bo’linadi:
1. Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Bu guruhga kiyim-kechaklar,
sovutgichlar, mashinalar va boshqa tovarlar kiradi.
2. Qisqa muddatda foydalaniladigan tovarlar. Bu tovarlar bir yoki bir
necha marta ishlatiladi. Bularga pivo, sovun, tuz, oziq-ovqatlarning boshqa
turlarini kiritish mumkin.
3. Xizmatlar – insonga foydali natija va qoniqish beradigan xatti-
harakatlar. Bularga sartaroshxonada soch oldirish, kiyim tikish, soatlarni
tuzatish kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Bundan tashqari tovarlarga so’nggi qo’llanilishi nuqtai nazaridan
qaraganda ular ikki guruhga bo’linadi: iste’mol tovarlari va ishlab
chiqarish – texnik maqsadlarga mo’ljallangan tovarlar.
Iste’mol tovarlari
– bu bevosita insonlarning shaxsiy ehtiyojlarini
qondirishga mo’ljallangan eng zarur tovarlardir. O’z navbatida iste’mol
tovarlari jiddiy tanlanadigan tovarlar, alohida ahamiyatga ega bo’lgan
tovarlar, talab juda kichik bo’lgan tovarlar guruhlariga bo’linadi.
Kundalik ehtiyoj tovarlari
– bu iste’mol tovarlari bo’lib, xaridor
uni o’ylamasdan va boshqa tovarlar bilan deyarlik taqqoslamasdan, tez-tez
xarid qiladigan tovarlardir.
Jiddiy tanlov tovarlari
– bularga sotib olish vaqtida sifati, narxi,
tashqi ko’rinishi, yaroqlilik darajasi kabi ko’rsatkichlari bo’yicha o’xshash
tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar kiradi. Masalan, kiyim-kechak,
mebel, elektrotovarlarni shu guruhga kiritish mumkin.
Alohida ahamiyatga ega bo’lgan tovarlar
– bular tengi yo’q
tavsifga ega bo’lgan yoki mashhur firmaning nomi bilan bog’liq bo’lgan
tovarlardir. Masalan, mashinaning noyob markasi, o’ta qimmatbaho
taqinchoqlar.
|
| |