tenglashtiriladigan turli xil ob’yektlar Marketing tizimida tovar iste’molchilar maqsadli segmentining
ehtiyojlarini to’liqroq ta’minlaydigan foydali xususiyatlar yig’indisi
hisoblanadi. Tovar va unga tenglashtirilgan boshqa obyektlarning bozorda
tovarga aylanishi uchun uchta belgisi bo’lishi kerak. Bu belgilarga
quyilagilar kiradi:
foydalilik;
bozordagi obro’-e’tibor;
to’g’ri keladigan narx.
Har qanday iste’molchi u yoki bu tovarni naf ko’rish uchun xarid
qiladi. Ya’ni tovarlar orasidan foydalilik darajasi yuqori deb baholaganini
tanlaydi. Tovarlarning foydaliligi uning iste’mol qiymati bilan baholanadi.
Bozordagi obro’-e’tibor tovarga bo’lgan talab bilan belgilanadi.
Talab yuqori, brendi mashhur bo’lgan tovarlarning bozordagi obro’-
e’tibori yuqori bo’ladi. Tovarning bozordagi obro’-e’tiborini tovar sifati,
brendi, sotuvdan keyingi servis, kafolat, reklama kabilar belgilab beradi.
Har qanday tovar bozorga to’g’ri keladigan narx bilan taklif etiladi.
Foydalilik darajasi va bozordagi obro’-e’tibori yuqori bo’lgan tovarning
narxi yuqori bo’ladi.
Marketing tizimida tovarning xususiyatlarini rivojlantirish va
takomillashtirish bo’yicha qaror qabul qilish uchun foydalilik, bozordagi
obro’-e’tibor, to’g’ri keladigan narx belgilar asos bo’lib hisoblanadi. F.
Kotlerning tasnifiga ko’ra tovar uch guruh alomatlar (o’lchamlar)ga ega:
Xizmatlar Shaxs G’oya Tashkilot Joy
115
1. Tovarni yaratish
g’oyadan , ya’ni iste’molchi oladigan asosiy
manfaatni aniqlashdan boshlanadi. G’oya, albatta, biror tayanch ehtiyojga
qaratilishi kerak.
2. Tovarning texnik tasnifi, dizayni (go’zalligi), narxi, o’rami,
markirovkasi, uslubi va sifati haqidagi savollarni, ya’ni