111
chmqaruvchi uchun potensial xaridorlarning shu tovarning xususiyatlariga
bo’lgan munosabatlarini bilish hayotiy zaruriyati hisoblanadi.
Iste’molchilarning o’xshash belgilarga ega ehtiyojlariga ko’ra
bozorni ma’lum bir guruhlarga ajratish jarayoni
bozor segmentasiyasi
deyiladi.
Marketingda bozorni segmentasiyalash – bu mavjud va potensial
iste’molchilardan tashkil topgan iste’mol bozori yoki biznes bozorini
iste’molchilarning umumiy
xususiyatlariga asoslanib, kichik guruhlarga
(segmentlar deb nomlanadi) bo’lish jarayonidir.
Maqsadli bozorni aniqlash marketing faoliyatida muhim tadbir bo’lib
hisoblanadi. Maqsadli bozorni aniqlash tanlangan
bozor segmentlarining
ehtiyojlarini qondirish uchun va provardida tanlangan iste’molchilarning
maqsadga erishish uchun qo’llaniladi. Maqsadli bozorni tanlash o’z ichiga
quyidagilarni oladi:
bozorni segmentlash – buning yordamida
bozor alohida guruhlarga
ajratiladi (iste’molchilarning talabi, xoxishi, yoshi va hokazolarga qarab);
maqsadli bozorni tanlash – korxonaga shunday bir imkoniyatni
yaratadiki, aniq maqsad asosida, tanlangan bozor segmentlarining
ehtiyojini qondirish uchun ta’sir etish tushuniladi;
tovarni bozordagi o’rnini belgilash (pozisiyalashtirish) – tovarni
bozorda, qat’iy raqobatbardosh hamda aniq belgilangan o’rnini
ta’minlaydi.