108
Iste’molchining
xulq-atvoriga
qarab segmentlash
Sotib oladigan tovar markasi (Masalan,
«Tayd» poroshogi)
Sotib
oladigan
tovar
guruhlari
(Masalan, suyuq yuvish vositalaridan
foydalanuvchilar)
Sotib olish davri (qancha vaqt oralig’ida
qayta sotib olinadi)
Iste’molchilar tavsifiga qarab
segmentlash:
Demografik
Geografik
Hayot tarzi
Daromadlar darajasi
•
Yoshi
•
Jinsi
•
Millati
•
Kasbi
•
Oilaviy
ahvoli
Dunyo, mamlakatlar
•
Viloyat
•
Shahar
•
Tuman va hokazo
Jamiyat
manfaati
yo’lida
qayg’uradiganlar
•
Sog’ligini ehtiyot qiladiganlar
•
Dilkash
•
Odamlarga aralashmaydigan
•
Novatorlar
•
Tabiatni sevuvchilar
•
Oilasi uchun qayg’uradiganlar
Tovarning afzalligiga qarab segmentlash. Firmalar yangi tovarlarga
bo’lgan talabni o’rganish
maqsadida tovarning afzalligi, muhimligiga
qarab segmentlashdan ham foydalanadi. Shu yo’sinda, talab qondirilmagan
segmentlar uchun yangi tovarlar taklif etiladi. Bunga quyidagi misolni
keltirish mumkin. Masalan, qahva ko’p tarqalgan ichimliklardan
hisoblanadi. Uning tarkibida kofein moddasi mavjud.
Bugungi kunda
shunday iste’molchilar ham mavjudki, ular kofeinsiz qahvani xohlaydilar.
Demak, bozorning ana shu segmenti iste’molchilari uchun ham kofeinsiz
qahva ishlab chiqish zaruriyati tug’iladi. Yoki tovarning afzalligiga qarab
109
segmentlashga televizor orqali tarkibida spirt bo’lmagan pivo haqida
beriladigan reklamani ham kiritish mumkin.
Iste’molchilarning xulq-atvoriga qarab segmentlashning yana bir turi
xaridorlarni
qanday
tovar
markasini
xalrid
qilganligiga
qarab
identifikasiyalash emas, balki qanday tovar nomenklaturasini xarid
qilganligiga qarab identifikasiyalash hisoblanadi. Iste’molchilarni tovar
nomenklaturasiga qarab aniqlashda raqobatchilar tovarlari haqida ham
ma’lumot to’plash mumkin bo’ladi. Mana shu olingan ma’lumotlar asosida
korxona iste’molchilarning kengroq guruhini qamrab olish strategiyasini
ishlab chiqadi. Shuningdek, tovar nomenklaturasiga qarab bozorni
segmentlashning
maqsadlaridan
yana
biri
tovarlarning
faol
iste’molchilarini topishdan iboratdir. Faol iste’molchilar esa, ularning
tovarni xarid qilish davriga qarab aniqlanadi.
Iste’molchilar tavsifiga qarab segmentlash. Yuqorida qayd qilib
o’tganimizdek,
bozorni
segmentlashning
uchinchi
usuli
– bu
iste’molchilarni tavsifi bo’yicha guruhlash hisoblanadi. Bu yerda asosiy
belgi bo’lib iste’molchilarning demografik, geografik tavsiflari va ularning
hayot tarzi hisoblanadi.