98
munosabatlarda mavjud bo‘ladi. Yetarli darajadagi norasmiy iqtisodiy
muhit mavjud bo‘lib, unda kishilar u yoki bu hisob-kitoblar va soliqlardan
chetlab o‘tgan holda tovar va xizmatlarni
harid qilishadi yoki mavoza
(barter) bo‘yicha ayirboshlaydilar. Asosan bu muhitda ta’minlangan,
ma’lumotli va nisbatan yosh kishilar faoliyat ko‘rsatadilar.
Marketingda iqtisodiy resurslarni ayirboshlash ko‘rib chiqiladi.
Ushbu resurslarni o‘lchash esa o‘ta murakkab masala hisoblanadi.
O‘lchashlarning asosiy maqsadi - turli xil vaqt davrlarini yoki bozor
segmentlarini taqqoslashni amalga oshirish imkonini beruvchi hamda har
bir kishi uchun bir xil ma’no beruvchi o‘zgaruvchilarni aniqlash
hisoblanadi. Marketingga ixtisoslashgan tashkilotlar odatda so‘rovno-
malarda daromad tushunchasi bo‘yicha o‘zlarining ta’riflaridan
foyda-
lanishadi. Anketa savollari ularni respondentlar tushunishlari uchun oddiy,
lekin keyingi tahlillarda foydalanish uchun aniq bo‘lishi lozim.
Vaqt va harajatlardagi o‘zgarishlar.
Vaqt va bo‘layotgan
o‘zgarishlar, so‘zsiz po‘l sarflashning asosiy yo‘nalishlari qanchalik
mustahkam ekanligini ko‘rsatmoqda. Iste’molchilarning qanday o‘z
pullarini sarflashlarini bilish, makroiqtisodiy qarorlarni qabul qilishning
asosi bo‘lib
hisoblanadi, hamda makroiqtisodiy xodisalar ayrim
firmalarning
marketing imkoniyatlariga ta’sir etishini tushunish
timkoniyatini beradi.
Ilgarilari Amerika aholisi shaxsiy xo‘jaliklari bo‘lganliklari sababli,
o‘zlarini mustaqil tarzda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashar edi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan qishloq xo‘jaligi paydo bo‘ldi va
rivojlandi hamda bu sohada aholining katta qismi o‘zlariga ish joylari
topishdi. Hozirgi kunda oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarishda ushbu
mahsulotlarni qayta ishlash va tayyorlashdagiga qaraganda kamroq
kishilar band. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatni oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlash sohasi bilan u yoki bu ko‘rinishda bog‘liq
bo‘lgan olimlar, yuristlar, hisoblash texnikasi bo‘yicha mutaxassislar soni
fermerlar soniga tengdir. Boshqa sohalarni ko‘rsak, xozirgi kunda ayrim
xizmatlar,
masalan,
kinoteatrlarda
badiiy
filmlarni
ko‘rish
videomagnitofonlar yordamida xonadonlarga ko‘chganligi,
shuningdek
an’anaviy uy yumushlari, bolalarga qarab turish, ovqat tayyorlash,
xonalarni tozalash pullik xizmatlarga aylandi.
Marketing tashqi atrof muhitning joriy
holati va undagi mavjud
bo‘lgan tendensiyalar to‘g‘risidagi tizimli va o‘z vaqtidagi axborotlar olish
uchun muhitni o‘rganish bo‘yicha maxsus tadqiqotlar o‘tkaziladi. Ushbu
maqsadda,
masalan, rahbarlar
tomonidan
qaror
qabul
qilishda
99
ishlatiladigan firmaning ichki axborotlari, hamda iste’molchilarning
joriy
va prognozlashtiriladigan resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi omillar
tahlil qilinadi. Aniq prognoz qilib bo‘lmagan hollarda, ko‘pchilik
kompaniyalar ssenariylar tuzishadi va ular yordamida kelgusi rivojlanish
variantlari taqqoslanadi va shunga muvofiq rejalar tuziladi.