92
Bozor konyunkturasining hozirgi holati iqtisodiy siyosatning bir-ikki
yil oldin bajarilgan harakatlarning mahsuli bo‘lganligi sababli,
makroiqtisodiy tahlil kamida ikki yillik muddatni qamrab olishi maqsadga
muvofiq.
Keyingi bosqichi bozorni shakllantiruvchi sohaning tahliliga
bag‘ishlanadi. Bunda quyidagi savollarga javob topish lozim bo‘ladi:
sohaning iqtisodiyotdagi o‘rni qanday?
soha texnologik jihatdan hayotiy siklning qaysi bosqichida?
sohaning rivojlanish sur’atlari qanday?
sohada qanday muammolar mavjud?
Bunday izlanish natijasida taklifning umumiqtisodiy imkoniyatlari
ma’lum bo‘ladi. Shunisi e’tiborliki, makroiqtisodiy omillarning tahlili
kompleks ravishda olib borilishi va olingan ma’lumotlar
keng doiradagi
konyunktura tahlillarda qo‘llanilishi mumkin. Shu sababli ko‘pchilik
davlatlardagi, shu jumladan O‘zbekistonda bunday axborotlarni davlatning
maxsus organlari va halqaro tashkilotlarni vakolatli organlari tayyorlab
beradilar. Masalan, BMT ning inson taraqqiyoti hisobotlari, TACIS
dasturining
iqtisodiy
rivojlanish
axborotnomalari,
O‘zbekiston
Respublikasi statistika qo‘mitasi tahliliy axborotlari va h.k.
Yuqorida sanab o‘tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu
bozordagi talab, taklif, narx va raqobat kiradi.
Bozor konyukturasi tahlilida talabning barcha jihatlarini o‘rganishga
alohida e’tibor beriladi. Jumladan: talabning
geografik taqsimlanishi,
assortimentning kengligi va chuqurligi bo‘yicha taqsimlanishi, iste’mol
intensivligi, hajmi va boshqa xususiyatlarni o‘rganish zarur bo‘ladi.
Talabni o‘rganishda avvalo qondirilgan talab, so‘ng qondirilmagan talabga
diqqat jalb qilinadi. Tovar aylanish tarkibini tovar guruhlari va alohida
turlari bo‘yicha tahlil hilish orqali qondirilgan talab o‘rganiladi,
qondirilmagan talab esa sotuvchilar va haridorlarning fikrini o‘rganish
usullari yordamida aniqlanadi.
Konyunkturaga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil – bu tovar taklifidir.
Taklifni o‘rganishda avvalo tovar manbalariga, sotishga taklif etiladigan
tovar
hajmi va tarkibiga, tovar zaxiralariga e’tibor beriladi. Tovar
manbalarini tahlil qilish savdo tizimiga mahsulot yetkazib beruvchi
korxonalar ro‘yxatini tuzish va ularning imkoniyatlarini o‘rganishdan
iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchilar tovarlarining assortimenti va yetkazib berish
muddatlari taklifning tarkibini aniqlashga yordam beradi. Shundan so‘ng
bozor ishtirokchilaridagi tovar zahiralari tahlil qilinadi. Zahiraning hajmi
93
va tarkibi,
qachon vujudga kelganligi, zahiraning almashib borish
dinamikasi va boshqa ko‘rsatkichlar taklifning talabga nisbatini aniqlashga
xizmat qiladi. Savdo tashkilotlarida yuritiladigan hisob tizimining
ma’lumotlari, inventarizatsiya natijalari va maxsus izlanishlar tovar
zahiralirini kompleks o‘rganishga asos bo‘ladi.
Narxlarning bozor konyukturasidagi o‘rni va ularning shakllanish
xususiyatlarini hisobga olgan holda narx tahliliga katta e’tibor beriladi.
Narxlarni o‘rganishda quyidagilar tahlil ob’ekti sifatida olinadi:
narxlarning barqarorligi, tovar assortimenti doirasida narxlarning o‘zgarish
darajasi, sotuvchi tomonidan narxlar bo‘yicha o‘zgaruvchan
tizimlarni
qo‘llash, muvsumiy narxlarning qo‘llanishi va boshqalar. Narx bozor
konyukturasiga ta’sir qiluvchi eng murakkab omil hisoblanadi. Uning
o‘ziga ham bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli narx tahlilida
nafaqat hujjatlarni tekshirish usuli, balki maxsus usullar ham keng
qo‘llaniladi.
Mikroiqtisodiy omilardan yana biri shu bozordagi raqobatdir. Tovar
bozorlaridagi raqobatni tahlil qilishda
avvalo korxonalar raqobati, so‘ng
tovarlar va ehtiyojlar raqobati o‘rganiladi. Korxonalar raqobatining tahlili
sotuvchilar soni, ixtisoslashuvi, mahsulot assortimenti, ishlab chiqarish
hajmi, yo‘naltirilgan maqsadli segmenti va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyunktura
prognozida amalga oshiriladi hamda raqobatchi tovarlar, o‘rnini bosuvchi
tovarlar va to‘ldiruvchi tovarlarning o‘zaro
muvozanatini aniqlashga
qaratiladi. Bunday raqobatni baholash uchun marketingning bozorni
o‘rganish usullaridan keng foydalaniladi.
Bozor
konyukturasini
o‘rganishning
sotuvchi
va
ishlab
chiqaruvchilar uchun zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini
qaysi yo‘nalishda rivojlantirish va qanday sotish siyosatini qo‘llash
bo‘yicha aniq va ishonchli axborotga ega bo‘lishda namoyon bo‘ladi.