91
tushuniladi. Bozor konyunkturasini o‘rganish
zarurati quyidagilarga
bog‘liq bo‘ladi:
a)
odatda bozorning sig‘imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligi
o‘zgarib boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim;
b)
bozordagi omillar kompleks ravishda ta’sir o‘tkazishi
sababli ularni
alohida o‘rganish tegishli samara bermaydi;
c)
bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlar odatda
retrospektiv harakterga ega,
shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.
Bozor konyunkturasini o‘rganish mazmuni va tartibi firma
tomonidan ko‘zlangan maqsadga bog‘liq bo‘ladi va uch turga bo‘linadi:
konyunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi.
Konyunktura axborotnomasi
– bu bozor konyunkturasining hozirgi
holati va uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu
konyunkturani o‘rganishning eng sodda shakli bo‘lib, odatda savdo
assortimentining maqbulligini baholash uchun foydalaniladi.
Konyunktura tahlili
– konyunkturani mavjud holatga keltirgan
omillarning tahlilini o‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil
bozor konyunkturasinig maxsus izlanishlarini
aks ettiradi va omillarning
ta’sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi.