|
Korxona madaniyati (korporativ madaniyat)Bog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov SamarqandKorxona madaniyati (korporativ madaniyat)
ko’p qoida, odat va
qimmatliklardan kelib chiqib, o’z faoliyatida ulardan foydalaniladi.
Madaniyat xodimlar munosabatlari tizimini o’z ichiga olib, rahbar
tomonidan korxonaning haqiqiy va boshqa qadriyatlari, boshqarishning
taqsimlanishi, boshqarish stili. Kadrlar masalalari, rivojlanish kelajagini
aniqlash. Korxona madaniyatini ko’p darajada etika standartlari belgilab,
asosiy funksiyasi “yo’l qo’yiladigan” va “yo’l qo’yilishi mumkin
bo’lmagan” axloqiy nuqtai nazardan chegaralashlar, ishonch qozonish
(birinchi navbatda mijozlarning talablarini ijro etish va ularga tovar sifati,
rahbarlarning xizmatchilarga bo’lgan munosabatlaridagi majburiyatlar,
jamiyat oldidagi javobgarlik, atrof muhitni muhofaza qilish va h.k.)
kabilarni qamrab oladi. Madaniyatning yuqori darajada bo’lishi
korxonaning samarali faoliyat yuritishiga ko’maklashadi va quyidagi
masalalarni hal qilishga yordam beradi:
xodimlar faoliyatini koordinasiyasi – yurish turish qoida va tartibini
o’rnatish orqali amalga oshiriladi;
xodimlarning motivasiyasi – bajariladigan ishning asl mohiyatini
tushuntirish orqali amalga oshiriladi;
yo’naltirish – mazkur korxonaning boshqa korxonalardan farq qilish
tomonlarini aniqlash va qo’llash, ularning o’ziga o’xshagan boshqa
korxonalardan farqini aniqlash orqali amalga oshiriladi;
kadrlarni jalb qilish – mazkur korxonada ishlashning afzalligini
ko’rsatish orqali amalga oshiriladi.
Marketing faoliyatini samarali yuritishda korxona tarkibida bo’lgan
bo’limlar manfaati ham hisobga olinishi zarur. Shu jumladan, yuqori
rahbariyat, moliyaviy xizmat, moddiy-texnika ta’minoti xizmati, ishlab
chiqarish, buxgalteriya, ilmiy va konstruktorlik ishlari xizmati kabilar
korxona ichki marketing muhitiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shuning
uchun ichki muhitning har bir elementini chuqur tahlil qilib chiqish zarur.
|
| |