1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari




Download 45,09 Kb.
bet1/8
Sana10.09.2024
Hajmi45,09 Kb.
#270809
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


1-MAVZU. MARKETINGNING NAZARIY ASOSLARI
10.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati
10.2. Marketingning maqsad va vazifalari
10.3. Marketing konsepsiyalari va ularning yevolyusiyasi
10.4. Marketingning funksiyalari va tamoyillari
Tayanch so‘z va iboralar: Marketing, bozor, bozor elementlari, talab, taklif, narx, ehtiyoj, hohish, muhtojlik, ayirboshlash, bitim, marketing konsepsiyasi, marketing-miks, marketing evolyusiyasi.

10.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati


Marketing - bu bozorda samarali faoliyat ko‘rsatishning mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902 yilda AQSHda paydo bo‘lgan, 20 yildan keyin esa bu atamadan jahonning ko‘pgina mamlakatlari foydalana boshladilar. Marketing ("marketing") - "bozor bilan bog‘liq faoliyat" ma’nosini anglatadi. Lekin bu tushunchaning ma’nosi juda kengdir. Marketing - ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir.
Marketing - murakkab, dinamik, ko‘p qirrali tushunchadir, bu esa marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. So‘nggi yillarda chop etilgan marketingga doir adabiyotlarda marketingning juda ko‘p ta’riflari berilgan. Ulardan ba’zi birlarini keltirishni lozim topdik.
Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta’rifini quyidagicha ifodalaydi: "Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayraboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir".
Boshqaruv muammolari bo‘yicha yetakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter Drukkerning ta’rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo‘q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday o‘rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida o‘zini-o‘zi sotadi".
Amerika Marketing Assosiasiyasining 1985 yilda marketingga bergan ta’rifi esa quyidagicha: "Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir".
Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki marketing serqirra jarayondir. Shu bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari sub’yektlarining biznes falsafasi, fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati yekan desak xato qilmagan bo‘lamiz. Demak, marketing bir vaqtning o‘zida "ham mushohada va ham harakat jarayoni" yekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga ko‘tarilgan mamlakatlarda marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab texnologiyalargacha bo‘lgan jarayonlarda yaqqol ko‘rinmoqda. Mashhur iqtisodchi Adam Smit XVIII asrning ikkinchi yarimidayoq o‘zining "Jamiyat boyligi" nomli kitobida ishlab chiqaruvchining iste’molchining talabini qondirishdan boshqa qayg‘usi yo‘qdir - deb yozgan edi.
"Marketing" atamasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida XIX asrning boshlarida vujudga keldi va 50-yillardan boshlab boshqaruvning yetakchi omili sifatida qo‘llanila boshladi.
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini qondirishga mo‘ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish-sotish, savdo faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo‘lgan. Ishlab chiqarish va umuman xo‘jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish xaridorga ta’sir qilishning keng jabhalarini o‘z ichiga oladi. Bu bozor uchun bo‘lgan raqobat kurashining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga olib keladi. Bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus usullarini qo‘llab, xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta’bi to‘g‘risida axborotlar topib, korxona va tashkilotlar, marketing konsepsiyasi u yoki bu tovarga va xizmatga xarid qiziqishini shakllantirish uchun iqtisodiy, tashkiliy, texnik va ijtimoiy yo‘nalishlarni tashkil qiladi.
Bizning iqtisodiyotimiz sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday natijalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: bozor va milliy iqtisodiyot manfaatlaridan kelib chiqqan holda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlarni tashkil qilish, tovar aylanishi miqdori va tarkibini shakllantirish, bozor talablari nuqtai nazaridan milliy iqtisodiyotni istiqbolini aniqlash va hokazolar. Marketingli yondashish, markazdan turib boshqarish va rejalashtirishdan nima bilan farq qiladi? Bunda korxona va tashkilotlarning ish amaliyotida bozor talabi umuman hisobga olinmas edi. Marketing esa sotish uchun taklif qilinayotgan tovarning ham, unga almashinadigan va aholining turlicha bo‘lgan tabaqalarining daromadlariga asoslangan pul oqimining ham aniq manzilli bo‘lishini talab qiladi.
Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qadar moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to‘liq javob berish bilan birga, ishlab chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat natijalaridan moddiy manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o‘zining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt talab qiladi.
Shunday qilib, marketing usullaridan foydalanish korxona manfaatlari va maqsadlarini, jamiyat maqsadlari va manfaatlari bilan birlashtiriladi, iqtisodiyot taraqqiyotiga mikro va makroiqtisodiy yondashuv birligini ta’minlaydi.
Respublikamiz o‘zining ijtimoiy maqsadlari va iqtisodiy dasturlarini faqat bozor mexanizmi orqaligina amalga oshirishi mumkin. Bunga bizni keyingi vaqtdagi tovar-pul munosabatlari va bozor iqtisodiyotining rivoji ham ishontirmoqda.
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo‘libgina qolmay, balki talabga ta’sir ham qilishdir. Xo‘sh, bu ta’sir qanday bo‘lishi kerak, boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo‘lgan vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o‘z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga imkon beradi.

Download 45,09 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 45,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari

Download 45,09 Kb.