• Mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste’molga erishish
  • Iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish
  • Iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat yaratish
  • Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.
  • Marketingning maqsad va vazifalari




    Download 45,09 Kb.
    bet2/8
    Sana10.09.2024
    Hajmi45,09 Kb.
    #270809
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari

    10.2. Marketingning maqsad va vazifalari


    Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to‘rtta maqsadi keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:

    1. Mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste’molga erishish.

    2. Iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish. 3. Iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish.

    4. Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.
    Mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste’molga erishish. Ko‘pchilik rahbarlar marketingning maqsadi - ishlab chiqarishning maksimal o‘sishi va korxonaning boyishida asosiy omil yuqori iste’molga erishishni rag‘batlantirishda deb biladilar. Bu fikrni boshqacha ifodalasak, odamlar qancha ko‘p sotib olsa va qancha ko‘p iste’mol qilishsa, shuncha baxtli bo‘ladilar degan ma’noni anglatadi. Lekin, ba’zi bir kishilar moddiy boyliklar masalasining ortishi katta baxtga erishishdan dalolatdir degan fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak, marketingning maqsadi faqat mumkin bo‘lgan maksimal iste’molga erishishdangina iborat emas yekan.
    Iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish. Bu nuqtai nazarga muvofiq marketing tizimining asosiy maqsadi mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste’molga erishish emas, balki iste’molchilarning talabini maksimal qondirishdan iboratdir. Bu degani tovar massasi iste’moli ko‘p bo‘lsada, u biron-bir ahamiyatga ega bo‘lmasligi mumkin.
    Iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat yaratish. Ba’zi bir bozor mutaxassislari marketing tizimining asosiy maqsadi tovarlar xilma-xilligini maksimal ta’minlash va iste’molchilarning keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratishdan iboratdir deb hisoblaydilar. Tizimning maqsadi iste’molchining talabiga to‘liq mos keladigan tovarni topishiga yordam berishdan iborat bo‘lishi kerak.
    Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. Ko‘pchilik mutaxassislar marketing tizimining asosiy maqsadi aholi "turmush darajasining sifati"ni yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) tovarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi;

    1. mehnatga haq to‘lash darajasi;

    2. madaniy muhitning sifati va boshqalar.

    Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishining ob’yektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi.
    Bunga erishish uchun marketing ko‘yidagi muhim vazifalarni hal etmog‘i lozim:

    • xaridorlar (istemolchilar) ehtiyojini o‘rganish va aniqlash;

    • tovarlarga bo‘lgan ichki va tashqi talablarni o‘rganish;

    • korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

    • avvalo talab va taklif to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish;  tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini ortirish;

    • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish;

    • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish;  to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborotlar yig‘ish;  tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.

    • Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas.

    Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig‘ida hisoblab chiqiladi.

    Download 45,09 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 45,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketingning maqsad va vazifalari

    Download 45,09 Kb.