• Sotish funksiyasi
  • Marketing tamoyillari
  • 1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari




    Download 45,09 Kb.
    bet8/8
    Sana10.09.2024
    Hajmi45,09 Kb.
    #270809
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari

    Analitik funksiya bozorni, iste’molchilarni, firma va tovar strukturasini o‘rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat.
    Ishlab chiqarish funksiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta’minotini tashkil qilish va tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo‘naltirilishini ta’minlaydi.
    Sotish funksiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli tovar va narx siyosatini olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qiladi.
    Boshqarish va nazorat funksiyasi strategik va operativ rejalashtirish, marketingni boshqarishning axborot ta’minoti, korxonada kommunikasiyalar tizimini tashkil qilish va marketing nazoratini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Marketing tamoyillari uning g‘oyaviy yo‘nalishini va korxonaning boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi.
    Bu yondashuv o‘z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi va rivojlantiriladi:

    • iste’molchiga yo‘naltirilganlik;

    • talabni prognozlash va shakllantirish;

    • qarorlarning kompleksliligi va ko‘p variantliligi;

    • qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg‘u berish va holatlarni boshqarish;

    • istiqbolga yo‘naltirilganlik;

    • dasturli maqsadli yondashuv.

    Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini ochib beradi.
    Keltiriladigan belgilar to‘plami kengayishi yoki torayishi mumkin, lekin asosiy tamoyil - to‘liq iste’molchiga yo‘naltirilish - albatta mavjud bo‘ladi. Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo‘lishi va shakllanishini belgilab beradi.
    Download 45,09 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 45,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari

    Download 45,09 Kb.