• Marketing konsepsiyalari
  • Sotishni rag‘batlantirish




    Download 45,09 Kb.
    bet3/8
    Sana10.09.2024
    Hajmi45,09 Kb.
    #270809
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari

    Sotishni rag‘batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo‘lib, bozorga chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta’minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir.
    Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir.
    U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha bo‘lgan harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni, tashish va saqlashni o‘z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar siyosati kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o‘ylab yuritilgan tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Yuqorida sanab o‘tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydalanish lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste’molchidan sanoat korxonalariga va savdoga, ulardan esa qarama-qarshi yo‘nalishdagi uzluksiz axborot oqimini ta’minlaydi. Bu esa o‘z vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga, sotish shartlariga, xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab o‘tilgan maqsadlari va vazifalari bozor faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida to‘liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini to‘liq hal qilish uchun tayyor reseptning o‘zi bo‘lishi mumkin emas. Marketingni qo‘llashdan oldin avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki marketing - murakkab, harakat va sabr-toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir.
    Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va shu bilan birga boshqa soha xodimlari ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari lozim.

    10.3. Marketing konsepsiyalari va ularning yevolyusiyasi


    Marketing konsepsiyalari tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining har xil bosqichlarida uning yo‘nalishini belgilaydigan qarashlar tizimidan iboratdir. Shu bilan birga marketing konsepsiyasi deganda korxonaning, tashkilotning yoki kishining iste’molchilarga mo‘ljallangan, integrasiyalangan maqsadli falsafasi tushuniladi.

    Download 45,09 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 45,09 Kb.