|
1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari
|
bet | 5/8 | Sana | 10.09.2024 | Hajmi | 45,09 Kb. | | #270809 |
Bog'liq 1-mavzu. Marketingning nazariy asoslariBoshlang‘ich nuqtasi
|
Vositalar
|
Bozordagi faoliyatning maqsadlari
|
Xaridorlarning, maqsadli
guruhlarning
ehtiyojlari, afzal ko‘rgan narsalari
|
Marketing sohasidagi tadqiqotlar
(marketing-miks)
|
Xaridorlar ehtiyojlarini barqaror qondirish yevaziga foyda olish
|
Oxirgi paytlarda marketing yordamida yechiladigan masalalarning murakkablashuvi sharoitida uning baynalmilallashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan global marketing haqida tobora ko‘proq gapira boshladilar. Bu jarayon, ayniqsa, transmilliy kompaniyalar uchun xosdir.
Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o‘z chegaralaridan tashqarida faoliyat ko‘rsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda savdoning liberallashuvi, investision to‘siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlikning paydo bo‘lishi va boshqalar dalolat beradi.
Bundan buyon iste’molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon bo‘ladilar. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga olib keladi. Konsyumerizm, qisqacha qilib aytganda, iste’molchilarning o‘z huquqlarini himoya qilishi yo‘lidagi harakati deb tushuntiriladi. Bunda iste’molchilarning harakati iqtisodiy yevolyusiyaning mahsuli sifatida, ishlab chiqaruvchilar iqtisodiyotidan iste’molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan xaridorlar bozoriga o‘tish sifatida qaraladi. Konsyumerizm marketing konsepsiyasiga ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tadbiq yetilishini talab qiladi.
Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste’mol va marketingning atrofmuhitga ta’siridan tashvishlanishni ifodalovchi yenvironmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga yekologik muammolarga e’tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining omili sifatida qaralmoqda. "Yashil marketing" harakati rivojlanmoqda, bu esa yekologik jihatdan toza bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘maklashadi.
|
| |