|
1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari
|
bet | 7/8 | Sana | 10.09.2024 | Hajmi | 45,09 Kb. | | #270809 |
Bog'liq 1-mavzu. Marketingning nazariy asoslariMarketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo‘lish mumkin. Ular iqtisodiy ko‘rsatkichlar va firmaning o‘xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi bo‘lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat yekanligini hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga umumlashgan tarzda to‘rtta muqobil javob mavjud:
Maksimal yuqori iste’molga erishish.
Iste’molchilarning maksimal qondirilishiga erishish.
Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta’minlash.
hayot sifatini maksimal ko‘tarish.
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo‘lib hisoblanadi. Marketingni qo‘llaydigan firmaning asosiy umumlashgan maqsadi va vazifasini Filipp Kotler quyidagicha ta’riflaydi:
"Kompaniya ishi mijoz kutadigan natijalar"
Umumlashtirishning pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdoriy va sifatiy maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda, firmaning obro‘-e’tiborini oshirishga yo‘naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir:
Mashhurlikni oshirish.
Yuqori imijga erishish. 3. Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatish.
Ta’lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash. Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Foydaning hajmi.
Sotilishlar hajmi.
Bozor ulushining oshishi. 8. Barqarorlikni ta’minlash.
Xarajatlarni kamaytirish.
Mehnat unumdorligi.
Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi (assortiment, narx, o‘rash, sotish, reklama va hokazo).
Marketingning umumiy funksiyasini to‘rtta yo‘nalishga bo‘lish mumkin: analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat.
|
| |