Marketingning funksiyalari va tamoyillari




Download 45,09 Kb.
bet6/8
Sana10.09.2024
Hajmi45,09 Kb.
#270809
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari

10.4. Marketingning funksiyalari va tamoyillari


Marketing mohiyatini anglashda uning eng harakterli tomonlarini tushunib olish kerak:
uning asosiy sub’yektlari, marketing munosabatlarining ishtirokchilari kim, marketing nimalar bilan ishlaydi, uning ob’yektlari qanday, u qanday vazifalarni hal qiladi va uning funksiyalari va tamoyillari nimalardan iborat?

Marketing ob’yektlariga moddiy tovar, xizmatlar, g‘oyalar, tashkilotlar, hududlar va shaxslar kiradi. Marketing ob’yektlarini, odatda, "tovarlar" tushunchasiga birlashtiradilar.
Xizmatlar (uy-ro‘zg‘or, ishlab chiqarish, moliyaviy, transport va aloqa, ijtimoiy, intellektual) - marketing faoliyatining eng yaxshi rivojlanayotgan sektori. Ularning sifati o‘zgaruvchan, chunki aniq bajaruvchiga bog‘liq va ularni standartlash qiyin.
Gʻoyalar rivojlanish va prognoz ssenariylari, loyihalar, texnologiyalar, patentlar, nouxaular, ijtimoiy me’yorlar va an’analar, ehtiyojlar va ularning iyerarxiyasini o‘z ichiga oladi. g‘oyalar marketingi mualliflik birinchiliklarini huquqiy ta’minotining rivojlanishiga uzviy bog‘liqdir.
Tashkilot marketingning ob’yekti sifatida tashkiliy struktura va modellar jihatidan ham, huquqlar, imtiyozlar va hokazo jihatidan ham qaralishi mumkin. Biznes muhitida va umuman jamiyat nazarida tashkilotning obro‘izzati haqida alohida aytish kerak. Tashkilotning imiji, odatda, firmaning, tovarning belgisi yoki firmaning xizmat ko‘rsatish belgisi bilan tavsiflanadi.
Hududlarga marketing ob’yektlari sifatida uyjoy, dam olish joylari, xo‘jalik qurilishlari, investisiya ob’yekti sifatida yer ham kiradi. Ancha kengroq ma’noda hududlar marketingi haqida gapirganda ko‘chmanchilar, turistlar, biznesmenlar kategoriyasini umumiy holda belgilash, moliyaviy va boshqa resurslarni jalb etishni tushunish mumkin.
Shaxs haqida gapirganda, avvalo, mehnat resurslari va ish joylari bozorini, shuningdek, madaniyat, san’at, siyosat, fan, ta’lim, tibbiyot, sport va boshqa sohalardagi buyuk shaxslar bozorini nazarda tutadilar.

Download 45,09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 45,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketingning funksiyalari va tamoyillari

Download 45,09 Kb.