69
strategiyasini ishlab chiqqan har qanday bozor subyekti muvaffaqiyatga
erishadi. Ayniqsa marketing faoliyatida ham axborotlar bilan ishlash
muhim ahamiyatga ega. Marketing axboroti marketing faoliyatida qaror
qabul qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Marketing faoliyatida
erishilgan natijalarni tahlil qilish uchun ham axborot keraq bo’ladi.
Axborot bilan bog’liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan
bir qismidan tortib yarmigachasini tashkil qiladi.
Odatda marketing axborotlari birlamchi va ikkilamchiga bo’linadi.
Birlamchi marketing axboroti – bu ma’lum bir marketing muammosini hal
qilish uchun maxsus o’tkazilgan dala tadqiqotlari natijasida olingan
ma’lumotlar hisoblanadi.
Ikkilamchi marketing axborotlari – qachonlardir korxonada tadqiq
qilinayotgan aniq muammo yechimi bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir
maqsadlar uchun kimdir tomonidan to’plangan ma’lumotlar to’plami.
Marketing axborotlarini yig’ish uchun
marketing tadqiqotlari
o’tkaziladi.
Marketing tadqiqotlari deganda marketing faoliyatining turli
jihatlari bo’yicha ma’lumotlarni sistemali yig’ish, tartibga solish va tahlil
qilish tushuniladi. Marketing tadqiqotlari marketologlarni axborotlar orqali
bozor, iste’molchilar, raqobatchilar va marketing tashqi muhitining boshqa
elementlari bilan bog’lovchi funksiya hisoblanadi.
Birlamchi marketing axborotlarini yig’ishning bir qancha usullari
mavjud.
Jumladan, so’rov, kuzatish, fokus-guruh, ekspertlar, eksperiment
usullar yordamida birlamchi axborotlar yig’iladi.