68
maxsus anketalarda qayd etiladi. Biroq bu
usulning imkoniyatlari juda
cheklangan. Uning yordamida do’kon, restoran yoki kinoteatrlarga tashrif
buyuruvchilarning yosh jinsiy tarkibini, shuningdek, xaridlarning taxminiy
chastotasi va assortimentini baholash mumkin.
Sinov
— oldindan «holatni yaratish» asosida olingan natijalarni
o’lchash bilan biror jarayonni amalga oshirishdir. Asosan sababnatijaviy
aloqalarni o’rganishda ishlatiladi. Masalan, tovarlarni har xil o’ramlarda
taklif etishga xaridorlarning reaksiyasini o’lchash, modifikasiyalangan
tovarning an’anaviy tovarlarga nisbatan sotilish
miqdorini baholash va
hokazo Sinov yordamida, odatda, bir martalik tavsifdagi aniq voqyealar
tadqiq
qilinadi va shuningdek, olingan ma’lumotlarni hamma vaqt ham
umumlashtirib bo’lmaydi. Sinovning kamchiliklari yuqori xarajatlar,
subyektiv
tanlangan sharoitlar, shuningdek, marketing rejasining hamma
parametrlari va unga ta’sir etadigan hamma
omillarni hisobga olish va
nazorat qilish imkonining yo’qligidan iboratdir.