66
tizimi asosiy marketing ma’lumotlari – marketing tadqiqotlari natijalari,
tashqi
va ichki marketing axborotlari, shuningdek, marketingning asosiy
yo’nalishlari bo’yicha faoliyat haqidagi ma’lumotlar – reklama,
sotishni
rag’batlantirish, korxonaning sotish va narx siyosati bo’yicha
ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Marketing axborot tizmining ma’lumotlari, odatda, konfidensial
harakterga ega, chunki ular tijorat siridir. Demak, tizim ma’lumotlarini va
ular asosida qabul qilinadigan boshqarish qarorlarini himoyalash jarayoni
ishlab chiqilishi kerak.