61
Yig’ilgan axborotlarning
mazmuniga qarab:
-
Sanoqli marketing tadqiqotlari;
-
Sifatiy marketing tadqiqotlari.
Ba’zi bir muommolarni yechish uchun bor axborotlarni o’rganib
chiqish yetarli bo’ladi. Bunda kabinetli tadqiqotlar olib boriladi. Kabinetli
marketing tadqiqotlari mavjud ikkilamchi axborotlarni qayta ishlashga
asoslangan. Agar axborot so’rov, kuzatish, eksprementlar orqali yig’ilsa,
kabinetdan tashqari, ya’ni dala tadqiqotlari hisoblanadi.
Marketing tadqiqotlari marketing ehtiyojlarini ta’minlashga
yo’naltirilgan ixtiyoriy marketing faoliyatidan boshqa narsa emas, ya’ni
muayyan marketing faoliyati uchun ma’lumotlarni to’plash, tahlil qilish va
prognozlash tizimidir. Demak, marketing tadqiqoti
bu yerda korxonaning
marketing faoliyati har qanday siklining boshlanishi va mantiqiy yakuni
sifatida namoyon bo’ladi. Savol kelib chiqadi: bunday tadqiqotning
maqsadi nima? Tabiiyki, marketing qarorlarini qabul qilishda duch
keladigan noaniqliklarni kamaytirish.
Qayd
etish kerakki, adabiyotda har qanday marketing tadqiqoti
o’zaro bog’liq bo’lgan ikki qism: muayyan bozorlarni va firmalarning
bozorga chiqishi va o’z o’rnini mustahkamlab olishi uchun o’zining
imkoniyatlarini o’rganishdan iborat, degan tasavvur paydo bo’lgan.
Bundan kelib chiqadiki, bozorni o’rganish - kompleksli marketing
tadqiqotining bir qismi. Marketing tadqiqotining
majburiy shartlari
quyidagilar:
tadqiqotlar tizimli harakterda bo’lishi kerak, shu holdagina
samaradorlikni kutsa bo’ladi;
marketing tadqiqotlarini olib borishda obyektivlik va aniqlikka
asoslangan ilmiy yondashishga rioya etilishi kerak;
marketing tadqiqotlari qaror qabul qilish uchun axborot talab
etadigan marketingning har qanday tomoniga nisbatan qo’llanilishi
mumkin;
tadqiqot — ma’lumotlarni to’plash, materiallarni qayd qilish va tahlil
qilishni o’z ichiga oladigan ko’p bosqichli jarayon;
ma’lumotlar korxonaning o’zidan,
betaraf tashkilot yoki
mutaxassistadqiqotchilardan kelib tushishi mumkin.
Shu bilan birga keyingi paytlarda marketing tadqiqotlarida keng
ma’noda jamoat fikrini baholash, ijtimoiy tadqiqotlar keng qo’llanila
boshladi. Xalqaro savdo palatasi
ESOMAR
(Jamoatchilik fikri va
marketingni o’rganish bo’yicha Yevropa hamjamiyati)ning 1976
-yilda
qabul qilingan marketing va ijtimoiy tadqiqotlar amaliyotiga doir Xalqaro
62
kodeksiga ko’ra marketing tadqiqotlarini olib borishning muayyan
yondashish (qoida)lari mavjud. Mazkur holda marketing tadqiqotlari
deganda alohida shaxslar va tashkilotlarning iqtisodiy, jamoat, siyosiy va
har kunlik faoliyatida
ularning xulqatvori, ehtiyojlari, munosabatlari,
fikrlariga tegishli ma’lumotlarni tizimli to’plash va obyektiv yozib olish,
tasniflash, tahlil qilish va taqdim etish tushuniladi.
Bundan kelib chiqib marketing tadqiqotlarini olib borishning asosiy
tamoyillari quyidagicha talqin etilishi mumkin:
1. Marketing tadqiqotlari jamoatchilik ishonchiga bog’liq, ya’ni bu
tadqiqotlar
haqqoniy, obyektiv, noo’rin aralashuvlarsiz va so’roqqa
tutiluvchi shaxslarga zarar yetkazmasdan olib borilishi, jamoatchilik bilan
ixtiyoriylikka asoslangan hamkorlikda olib borilishi haqida ishonch
bo’lishi kerak.
2. Marketing tadqiqotlari shaxs huquklarini buzmasligi kerak.
3. Marketing tadqiqotlari hamma joyda amal qilinadigan yuqori
andozalar darajasida halol raqobat tamoyillariga mos holda olib borilishi
kerak.
4. Tadqiqotlarni olib boruvchi mutaxassislar
ishning sifati va
xulosalarning asoslanganligini baholash uchun kerak bo’ladigan
axborotlarni taqdim etishga tayyor bo’lishi kerak.
Marketing tadqiqotlarining hozirgi holati doimiy e’tibor va
muhokamaga sazovor bo’lgan uchta tendensiya bilan tavsiflanadi. Bular –
tijorat ma’lumotlar bazasining tobora ochiq bo’layotganligi, yangi
texnologayalardan foydalanishning o’sishi va so’raluvchilar o’rtasida
so’rov haqidagi fikrning yomonlashuvi. Bu tendensiyalar marketing
tadqiqotining ikki yo’nalishga: