49
bo’lib reklama va, birinchi navbatda, uning radio va, ayniqsa, televideniye
kabi vositalari hisoblanadi.
Quyida
batafsil
yoritiladigan
marketing
tadqiqotlari
bozor
rivojlanishining tendensiyalari va jarayonlari, uning sig’imi,
sotilishlar
dinamikasi, raqobatchilarning xatti-harakatlari, shuningdek, iste’molchilar
xatti-harakatlarining
sabablari,
mahsulotning
raqobatbardoshligi,
rag’batlantirish va reklamaning samaradorligi,
taqsimlash kanallari va
boshqalarga nisbatan qo’llanadi.
Yig’ilgan marketing axborotiga ishlov berish maqsadida tegishli
dastur asosida analitik marketing tizimi yaratiladi. U ma’lumotlar banki va
modellar bankini o’z ichiga oladi. Prognozlash jarayonlarining tahlilini
o’tkazishda o’rtacha
miqdorlar, guruhlashlar, trendlar,
regression va
korrelyasion usullar, omilli va klasterli tahlil, qarorlarni qabul qilish
nazariyasi
usullari, jarayonlarni o’rganish usullari, evristik usullar va shu
kabi boshqa iqtisodiystatistik va iqtisodiymatematik usullar qo’llanadi.
Umuman marketing axborot tizimi – bu marketing axborotlarini
yig’ish,
tahlil qilish usullari, uslublari, vositalari hamda marketing
qarorlarini qabul qilish yig’indisi. Marketing axborot tizimi korxona bilan
bozor aloqasi rivojlanishini ta’minlaydi.
4.2. Marketing axboroti turlari va manbalari
Marketing faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish,
amalga oshirish va
samaradorligini nazorat qilish jarayonida menejerlarga har xil axborotlar
kerak bo’ladi. Marketing axborotlari korxona faoliyatida quyidagilarga
imkon beradi:
moliyaviy xavf-xatarni, kompaniyaning bozordagi obro’ysiga xavfni
kamaytiradi;
raqobat ustinligiga ega bo’lishni ta’minlaydi;
marketing
muhitiga moslashish;
tanlangan strategiyani amalga oshirish;
marketing faoliyati samaradorligini baholash;
marketing dasturini ishlab chiqish va hokozalar.
Marketing axboroti bir qancha belgilariga ko’ra tasniflanadi. Har bir
turdagi marketing axborotining o’ziga xos ahamiyati mavjud. Marketing
axborotlarining tasnifi 4.1-jadvalda keltirilgan.