|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis institutiBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov SamarqandMarketing razvedkasi
– bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini
ishlab chiqish va ularni to’g’irlash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi
muhitining o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni to’plash bo’yicha
tizimli faoliyatdir. Ichki axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing
razvedkasi tashqi muhitda ro’y berishi mumkin bo’lgan hodisalarni
o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing razvedkasi ma’lumotlarini
kompaniya xizmatchilari (ma’muriyat, muhandislar, xaridlar bo’yicha
agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta’minotchilar, vositachilar va
xaridorlar yetkazib berishlari mumkin. Razvedka ma’lumotlarini maxsus
tadqiqotchi firmalardan ham olish mumkin.
Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini
ochib beradi. Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya,
sotish, mehnat va boshqa resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning
samaradorligi cheklangan resurslarni tovar assortimenti va marketing
dasturlariga optimal joylashtirish sharti bilan amalga oshiriladi. Bu yerdan
asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o’sishi uchun mahsulot tannarxini
davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha qilib aytganda
xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat’iy nazorat
siyosatini olib borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida
marketing qarorlarida quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni
bilishi kerak:
mahsulotning me’yoriy va haqiqiy tannarxi;
to’g’ri va egri xarajatlar;
chegaralangan foyda;
foydalilik nuqtasi;
narx chegirmalari.
Tashqi sharoitlarning rivojlanishini
tavsiflaydigan materiallar,
avvalo, shu bilan qimmatliki, ular bozor holati, uning infrastrukturasi,
xaridorlar
va
vositachilarning
xatti-harakatlari,
ta’minotchilar,
raqobatchilar, shuningdek, davlat tomonidan tartiblashtirish chora-
tadbirlari va hokazolar haqidagi axborotlarni beradi. Bu yerda quyidagi
harakterdagi yo’nalishlar kuzatiladi:
tashqi
muhit
monitoringi
(kon’yunktura,
jarayonlar
va
tendensiyalarni o’rganish);
muhitdan nusxa olish (mavjud axborotlarni olish);
muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash).
|
| |