44
xil qora ranga bo‘yalgan «T» ford modeliga o‘zining
zamonaviy, keng
rang gammasida ishlab chiqilgan avtomobil modelini qarama-qarshi
qo‘ydi.
Demarketing
haddan tashqari katta talab sharoitida, ya’ni tovar yoki
xizmatga bo‘lgan talab taklifdan ancha katta bo‘lgan holda qo‘llanadi.
Uning vazifasi bo‘lib salbiy bozor hodisalari, masalan, chayqovchilikni
yo‘qotish maqsadida talabni vaqtinchalik
yoki doimiy pasaytirish
usullarini topish hisoblanadi. Haddan tashqari talabni pasaytirish tovar
yoki xizmatlar narxlarini oshirish, reklama kampaniyasini va sotilishlarni
rag‘batlantirishni to‘xtatish orqali hal qilinishi mumkin.