37
Marketingning boshqaruv funksiyasi marketing dasturlarini amalga
oshirish
jarayonida, ya'ni korxonaning butun marketing ishlari davomida
amalga oshiriladi.
5) Marketingning nazorat funktsiyasi
– ma’lum
vaqtga
mo‘ljallangan marketing dasturi va marketing rejasi bajarilishini baholash,
o‘lchash, marketing samaradorligini aniqlashdan iborat.
3.3. Marketing turlari.
Marketingning aniq shakllari va mazmuni korxona faoliyati
xususiyatlaridan, uning ichki imkoniyatlari va tashqi shart-sharoitlaridan
kelib chiqadi. Bu yerda marketing va boshqa
hamma oraliq faoliyat
turlarining qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yagona yo‘naltiriladigan
jarayonga birlashishi sodir bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida turli xil marketing
turlarining harakatlanishini belgilab beradi.
Yetakchi mualliflarning ishlari o‘rganilib, xususan, rossiyalik
tadqiqotchi
R.A.Fatxutdinovning
marketing
turlari
tasnifi
keng
o’rganilib
13
, mualliflar tomonidan marketingning quyidagi tasnifi ishlab
chiqildi (3.1-jadval).